Sam Altman emphasized that artificial intelligence will not leave people unemployed

Sam Altman, CEO of OpenAI, addressed concerns about artificial intelligence (AI) replacing human jobs, labeling such fears as overly pessimistic in the long term. He emphasized that OpenAI aims to create tools that enhance and expand human capabilities rather than fully replace them. Altman believes that while AI may change job landscapes, it will not eliminate the need for human workers, allowing them to transition to more meaningful and higher-paying roles. He envisions a future where AI reduces the need for manual labor, enabling people to lead more adaptable and fulfilling lives.
OpenAI bosh direktori Sem Altman sun'iy intellekt odamlarning ish o'rinlarini egallashi haqidagi xavotirlarni uzoq muddatli istiqbolda o'ta pessimistik deb atadi. Uning ta'kidlashicha, OpenAI kompaniyasining maqsadi odamlarni to'liq almashtiradigan emas, balki ularning imkoniyatlarini to'ldiradigan va kengaytiradigan vositalarni yaratishdir. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Altman bu fikrlarni turli sohalarda, xususan, AQShda ommaviy ishdan bo'shatishlar xavotir uyg'otayotgan bir paytda bildirdi. Ba'zi kompaniyalar ish o'rinlarining qisqarishini sun'iy intellekt joriy etilishi bilan bevosita bog'lamoqda.
Masalan, Candy Crush Saga o'yinini yaratgan King kompaniyasi o'yin darajalarini yarata oladigan sun'iy intellekt vositalarini ishlab chiqqanidan so'ng dasturchilarni ishdan bo'shatgani xabar qilingan.
Anthropic bosh direktori Dario Amodeyning sun'iy intellekt yaqin 6-12 oy ichida deyarli barcha kodlarni yoza olishi haqidagi taxmini xavotirlarni yanada kuchaytirdi. Biroq, Altman bu qarashga qo'shilmaydi.
Uning fikricha, sun'iy intellekt ish o'rinlarini o'zgartirsa-da, odamlarga bo'lgan ehtiyojni yo'q qilmaydi.
Altman odamlar yanada mazmunli va yuqori haq to'lanadigan ishlarga o'tishiga ishonadi. Uning so'zlariga ko'ra, bandlikning kelajagi almashtirish bilan emas, balki moslashish bilan belgilanadi.
Altman kelajakda sun'iy intellekt og'ir mehnatga bo'lgan ehtiyojni kamaytirib, odamlarga yanada moslashuvchan va to'laqonli hayot kechirish imkonini berishini tasavvur qiladi.





















Comments 0
…