date

Andijon’da cezaev müdürü neden görevden alındı?

Andijon’da cezaev müdürü neden görevden alındı?

Andijon viloyatining Izboskan tumanida joylashgan vaqtinchalik saqlash izolyatorsining (VSİ) olti xodimi nisbatan intizomiy choralar qo‘llandi.

Oliy Majlis Inson huquqlari vakili (Ombudsman) matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, mazkur choralar joriy yil mart oyida VSİ sharoitlari o‘rganilgach belgilangan.

Tekshirishlar natijasida izolyatorda jiddiy kamchiliklar — sanitariya-gigiyena, moddiy-texnik ta’minot yetishmasligi, kanalizatsiya tizimi muammolari hamda mahbuslarni majburiy mehnatga jalb qilish holatlari aniqlangan.

Ombudsman viloyat Ichki ishlar boshqarmasidan ushbu kamchiliklarni bartaraf etish va bunday holatlar takrorlanmasligi uchun choralar ko‘rishni so‘ragan.

Monitoring natijasiga ko‘ra, olti nafar xodimga xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan va jazolar berilgan: 1 xodim intizomiy kengashga qo‘yilgan, 2 nafariga tanbeh, 2 nafarga hayfsan jazo berilgan. VSİ boshlig‘i arizasi asosida bo‘shatilgan.

“Hozirda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari boshlangan bo‘lib, ularning to‘liq hal etilishiga Ombudsman doimiy nazorat olib boradi,” — deyiladi xabarda.

Ctrl
Enter
Bir Hata mı buldunuz?
İfadeyi seçin ve Ctrl+Enter tuşuna basın
Haberler » Toplum » Andijon’da cezaev müdürü neden görevden alındı?