Avstraliyada 142 ming dollarlik suvaraklar musodara qilindi

Avstraliyada mamlakat tarixidagi eng yirik reydlardan biri o‘tkazilib, saqlash taqiqlangan 100 mingdan ortiq tirik suvarak seleksionerdan musodara qilindi. Bu haqda ABC News xabar berdi.
Musodara qilingan Madagaskar vishildoq suvaraklari va dubia turlarining umumiy qiymati 200 ming Avstraliya dollari (taxminan 142 ming AQSH dollari)ni tashkil etgan. Reyd may oyida Yangi Janubiy Uels shtatidagi Baters shahrida amalga oshirilgan.
Madagaskar vishildoq suvaragi dunyodagi eng yirik suvaraklardan biri bo‘lib, 5–8 santimetrgacha yetadi. Rasmiy suratlarda barmoqdan ham katta, kaftdek hasharotlar ko‘rsatilgan.
Avstraliyada ushbu turlarni saqlash, ko‘paytirish va sotish qonunan taqiqlangan. Rasmiylar ular atrof-muhitga xavf solishi va kasallik tarqatishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Hozircha seleksionerga rasmiy ayblov qo‘yilmagan, musodara qilingan hasharotlar esa yo‘q qilinishi belgilangan.





























Izohlar 0
…