12 yosh deb asrab olingan qiz aslida 37 yoshli ayol bo‘lib chiqdi

12 yosh deb asrab olingan qiz aslida 37 yoshli ayol bo‘lib chiqdi

Braziliyada nihoyatda hayratlanarli va shov-shuvli voqea yuz berdi. 37 yoshli ayol o‘zini 12 yoshli, zo‘ravonlikdan qochgan qizaloq sifatida ko‘rsatib, bir oilani qariyb 14 oy davomida aldab kelgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, u o‘zini himoyasiz va yordamga muhtoj bola sifatida tanishtirib, oilaning ishonchiga kirgan. Oila esa unga mehr ko‘rsatib, boshpana bergan va uzoq vaqt davomida uni voyaga yetmagan qiz deb bilib kelgan.

Biroq vaqt o‘tishi bilan ayrim shubhali holatlar paydo bo‘la boshlagan. Tekshiruvlar natijasida uning asl yoshi va shaxsi fosh bo‘lgan.

Tergov davomida aniqlanishicha, ushbu ayol avval ham boshqa hududlarda shunga o‘xshash usul bilan odamlarni aldab kelgan. U turli bahonalar bilan o‘zini voyaga yetmagan sifatida ko‘rsatib, ishonch qozonishga urinib kelgan.

Hozirda huquq-tartibot organlari tomonidan u qo‘lga olingan va tergov ishlari davom etmoqda. Mazkur voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lib, ko‘pchilikni hayratga solmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar