Xomanaiy 2 mingdan ortiq mahkumni afv etishga ruxsat berdi

Eron Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy ilk marta keng ko‘lamli amnistiya e’lon qildi. U 2 mingdan ziyod mahkumni afv etish yoki ularning jazosini yengillashtirish bo‘yicha buyruq berdi. Bu haqda “Tasnim” agentligi xabar tarqatdi.
Ma’lum qilinishicha, kichik Xomanaiy Eron sud hokimiyati rahbari G‘olyam Husayn Mohseni-Ejeiy tomonidan kiritilgan iltimosnomani ma’qullagan.
Eron ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi navbatda jabrlanuvchisi bo‘lmagan yoki og‘ir jinoiy o‘tmishga ega bo‘lmagan, jazo muddatining ma’lum qismini o‘tab bo‘lgan hamda tuzalish va pushaymonlik alomatlarini namoyon etgan mahkumlar amnistiyadan bahramand bo‘ladi.
Shuningdek, maxsus komissiyalar mahkumlarning yoshi, oilaviy ahvoli va jinoyat sodir etilgan sharoitlarni ham inobatga oladi.
Xabar qilinishicha, josuslik, mamlakatning ichki va tashqi xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etgan, shuningdek jamoat xavfsizligiga tahdid solgan shaxslar mazkur amnistiya doirasiga kiritilmaydi.





























Izohlar 0
…