Foto: macrumors.com
Apple kompaniyasi ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan avtomobil Hyundai kompaniyasining E-GMP platformasi asosida bo‘ladi. Bu haqda MacRumors nashri insayder Min-Chi Koga tayanib xabar berdi.
Min-Chi Ko TF Securities investorlariga yo‘llagan tahliliy maktubida Apple va Hyundai hamkorligi to‘g‘risidagi xabarni tasdiqlagan. Ekspertning fikricha, elektromobil Electric Global Modular Platform (E-GMP) platformasiga asoslanadi. Platforma ikkita dvigatel va bir marta quvvatlanishda 500 kilometrdan ortiq yo‘l bosishga imkon beradigan akkumulatorga ega.
Batareya 18 daqiqa ichida 80 foizga quvvatlanishi mumkin. Elektromobil 3,5 soniya ichida tezligini soatiga 100 kilometrga yetkaza oladi, uning maksimal tezligi soatiga 260 kilometrga yaqin bo‘ladi.
Mutaxassisning taxminicha, Hyundai Mobis bo‘lajak avtomobilning ayrim qismlarini tayyorlash bilan shug‘ullanadi, Kia esa elektromobil ishlab chiqarish liniyasini taqdim etadi.
Qayd etilishicha, Apple Car taqdimoti 2025 yildan so‘ng bo‘lib o‘tadi.
O‘tgan yili Reuters agentligi o‘z manbalariga tayanib Apple 2024 yilga kelib avtomobil bozoriga chiqishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida xabar qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi