Yangi avlod Hyundai Tucson krossoveri taqdim etildi

Yangi avlod Hyundai Tucson krossoveri taqdim etildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Hyundai kompaniyasi Hyundai Tucson krossoverining beshinchi avlodini taqdim etdi, bu model bozor raqobatiga javob va o'z mavqeini mustahkamlash maqsadida yaratilgan.
  • Yangi Tucson avvalgisiga nisbatan 35 mm uzaytirilib, uzunligi 4,56 metrga yetgan, bazasi esa 40 mm kengaygan, natijada bagaj sig'imi 695 litrga oshgan.
  • Salonning ichki qismi ham o'zgartirilib, raqamli asboblar paneli va rul chambaragi yangicha dizaynga ega bo'lgan, shuningdek, xavfsizlik tizimlari yaxshilangan.

Hyundai kompaniyasi dunyodagi eng koʻp sotiladigan avtomobillardan biri boʻlgan Hyundai Tucson krossoverining yangi, beshinchi avlodini namoyish etdi. Mazkur yangilanish bozorlarda faollashib borayotgan xitoylik raqobatchilar, jumladan BYD Seal U va Jaecoo 7 modellariga munosib javob berish hamda oʻz mavqeini yanada mustahkamlash maqsadida amalga oshirildi. Bu haqda Autocar.co.uk xabar beradi.

Avvalroq Koreya bozori uchun taqdim etilgan krossover endi Yevropa bozoriga moʻljallangan qisqartirilgan versiyada batafsil ochib berildi. Ishlab chiqaruvchilarning maʼlum qilishicha, yangi modelni yaratishda salon kengligi va amaliylikni oshirishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Oʻlchamlarning kengayishi va amaliylik

ixbt.com maʼlumotiga koʻra, yangi Hyundai Tucson oldingi avlodiga nisbatan 35 millimetrga uzaytirilib, uning uzunligi 4,56 metrni tashkil etgan. Shuningdek, avtomobil bazasi 40 millimetrga kengaytirilgan boʻlib, u biroz balandroq va enliroq koʻrinishga ega boʻlgan.

Gabarit oʻlchamlarining kattalashuvi hisobiga bagaj hajmi 79 litrga koʻpayib, naqd 695 litrga yetkazildi. Orqa oʻrindiqlar 40:20:40 nisbatda boʻlingan boʻlib, yoʻlovchilar qulayligi yoki yuk koʻtarish imkoniyatini oshirish uchun ularni oldinga yoki orqaga 150 millimetrga surish mumkin.

Interer va haydovchining ish joyi

Avtomobil salonida sezilarli oʻzgarishlar roʻy berdi. Old panelda Ioniq 3 elektr xatchbekidan olingan yechim qoʻllanilib, u kichikroq pastki rul chambaragini yuqoriga oʻrnatilgan raqamli asboblar paneli bilan uygʻunlashtiradi. Bu yondashuv Peugeot brendining i-Cockpit uslubini eslatib yuboradi.

Hyundai kompaniyasining Yevropadagi dizayn boʻlimi rahbari Eduardo Ramiresning taʼkidlashicha, ushbu yechim haydovchiga noqulaylik tugʻdirmasligi uchun uzoq jarayon davomida sozlangan. Asosiy eʼtibor xavfsizlikka qaratilgan boʻlib, haydovchi yoʻldan chalgʻib, maʼlumotlarni oʻqishga sarflaydigan soniyalar qisqartirilgan.

Xavfsizlikning yangi texnologiyalari

Tercson modeli zamonaviy haydovchining diqqatini kuzatish tizimining yangi turi bilan jihozlandi. Endi bu datchik rul ustunida emas, balki orqa koʻrinish oynasida joylashgan boʻlib, ham haydovchi, ham oldingi yoʻlovchini kuzatib boradi.

Mazkur tizim yoʻlovchining notoʻgʻri holatda oʻtirgani, jumladan oyoqlarini boshqaruv paneliga qoʻyib olganini hamda xavfsizlik kamari taqilganini aniqlay oladi. Bundan tashqari, mashinadan tushib ketayotganda orqa oʻrindiqda bola unutib qoldirilsa, signal chalib ogohlantiruvchi yangi funksiya ham qoʻshilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar