Tesla kompaniyasi o‘zining noodatiy dizaynga ega Cybertruck elektropikapini ishlab chiqarishni to‘xtatmoqchi

Amerikaning Tesla kompaniyasi o‘zining noodatiy dizaynga ega Cybertruck elektropikapini ishlab chiqarishni 2027 yil o‘rtalarida yakunlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya rahbari Ilon Mask ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Texasdagi Gigafactory zavodida Cybertruck ishlab chiqarish bosqichma-bosqich qisqartiriladi. Bo‘shaydigan ishlab chiqarish quvvatlari esa kompaniyaning haydovchisiz harakatlanishga mo‘ljallangan Cybercab robotaksisini ko‘proq ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.
Cybertruck savdosi so‘nggi yillarda Tesla kutgan natijalarni bermadi. Kelley Blue Book ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya AQSHda 2024 yilda 38 965 dona, 2025 yilda esa atigi 20 237 dona ushbu pikapni sotgan. Bu bir yil ichida savdo hajmi 48 foizga kamayganini anglatadi.
Elektropikap turli texnik va sifat muammolari sabab ham bir necha bor tanqidga uchragan. AQSH Milliy avtomobil yo‘llari harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, model 2023 yil oxirida sotuvga chiqarilganidan buyon 11 marta qaytarib olish kampaniyasiga tortilgan. Shuningdek, uning keskin burchakli zanglamaydigan po‘lat kuzovi piyodalar xavfsizligi talablariga mos kelmagani sababli Yevropa bozoriga kirishida to‘siqlar yuzaga kelgan.
9 noyabr kuni Ilon Mask yana bir muhim tafsilotni ma’lum qildi: ishlab chiqarish liniyasi yopilguniga qadar buyurtmalarni imkon qadar ko‘proq bajarishga harakat qilinadi, biroq ishlab chiqarish quvvati yetmagani sabab ayrim mijozlarga depozit pullari qaytariladi.































Izohlar 0
…