Rayhonning muxlislar tomonidan kutilayotgan “No stress” qo‘shig‘i barcha platformalarda taqdim etildi

Rayhonning muxlislar tomonidan kutilayotgan  “No stress”  qo‘shig‘i barcha platformalarda taqdim etildi

Xonanda Rayhon G‘aniyevaning muxlislar tomonidan kutilayotgan “No stress” nomli yangi qo‘shig‘i va klipi bugun barcha musiqiy platformalarda taqdim etildi.

Rayhon ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida qo‘shiqni endi radiostansiyalar, YouTube kanali hamda musiqiy platformalarda tinglash mumkinligini ma’lum qildi.

Xonanda muxlislarining fikr va izohlarini intiqlik bilan kutayotganini bildirib, har bir ijod namunasi tinglovchilarning mehr va qo‘llab-quvvatlashi uchun yaratilishini ta’kidladi.

“Qo‘shiq sizga yoqadi degan umiddaman. Har doim birga bo‘laylik va eng muhimi — hech qachon stress qilmang”, — deya yozdi Rayhon.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

Rayhonning muxlislar tomonidan kutilayotgan “No stress” qo‘shig‘i barcha platformalarda taqdim etildi – Zamin.uz, 05.06.2026