
Foto: «Anadolu Agency»
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Ukrainadagi kabi urush o‘chog‘i Sharqiy Osiyoda ham paydo bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.
U «Nikkei» tashkillashtirgan «Osiyoning kelajagi» (Future of Asia) tadbiriga kelgan xorijlik davlat arboblariga murojaatida Rossiya-Ukraina nizosi hamda Osiyoning xalqaro hamjamiyatda oshib borayotgan roliga to‘xtaldi.
Fumio Kisida Rossiya-Ukraina urushining Osiyo-Tinchi okeani mintaqasiga oqibatlariga to‘xtaldi. «Ertaga Sharqiy Osiyo Ukrainaga aylanishi mumkin. Hech qayerda suverenitet va hududiy yaxlitlik buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak», — ta’kidladi u.
Yaponiya hukumati rahbari Osiyo mamlakatlari manfaatlariga xizmat qiluvchi yangi xalqaro tartibni shakllantirish zarurligiga to‘xtaldi.
«Osiyo jahon iqtisodiyotida taxminan 35 foiz ulushga ega hamda sayyoradagi eng tez o‘sayotgan hudud», — dedi Kisida.
Osiyoda status-kvo tahdidlariga munosabat bildirarkan, Kisida shunday dedi: «Bu AQSH yoki Xitoy masalasi emas. Biz qadriyatlarimiz va tinchlikni saqlab qola olamizmi — hamma gap shunda». “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar