11:12 / 09.08.2022
1 454

Zelenskiy G‘arb mamlakatlarini barcha rossiyaliklar uchun o‘z hududlarini yopishga chaqirdi

Zelenskiy G‘arb mamlakatlarini barcha rossiyaliklar uchun o‘z hududlarini yopishga chaqirdi
Foto: EPA
G‘arb mamlakatlari barcha rossiyaliklarga o‘z hududiga kirishni taqiqlashi kerak. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy The Washington Post gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi «RBK».

Uning so‘zlariga ko‘ra, shu paytgacha Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalarning barchasi Rossiya fuqarolari uchun bir yilga chegaralarni yopish va Rossiya yonilg‘isini sotib olishga to‘liq embargo qo‘yish oldida «kuchsiz» hisoblanadi.

«Eng muhim sanksiyalar chegaralarni yopishdan iborat — chunki ruslar birovlarning yerlarini olib qo‘ymoqda», — dedi Zelenskiy nashr bilan suhbatda va rossiyaliklar «o‘z falsafasini o‘zgartirmagunicha, o‘z dunyosida yashashi kerak»ligini qo‘shib qo‘ydi.

Ukraina yetakchisi fikricha, Rossiyaning butun aholisini yakkalab qo‘yib, javobgarlikka chaqirish mumkin. «Siz butun dunyoga u sizning qoidalaringiz bo‘yicha yashashi kerakligini aytayapsiz. Unda borib, o‘sha yerda yashang. Bu Putinga ta’sir o‘tkazishning yagona yo‘li», — deya xulosa qildi u.

Yevroittifoq 26 fevraldan Rossiya bilan rasmiy shaxslar va tadbirkorlar uchun hujjatlarni rasmiylashtirishning yengillashtirilgan tartibini ko‘zda tutuvchi soddalashtirilgan viza rejimini to‘xtatgan edi.

Bir qator Yevropa mamlakatlari rossiyaliklarga viza berishni to‘liq taqiqlashni yoqlab chiqdi. Bunday tashabbusni Estoniya va Latviya tashqi ishlar vazirlari Urmas Reynsalu va Edgars Rinkevichs hamda Finlyandiya parlament partiyalari ilgari surgandi.

Yevrokomissiya rossiyaliklarga viza berish to‘liq to‘xtatilishini istisno qildi, chunki bu YEI qoidalariga ziddir. «Doim qaysidir odamlar guruhiga viza berish zarur bo‘ladi. Masalan, gumanitar holatlarda, Yevroittifoq mamlakatlari fuqarolarining oila a’zolariga, jurnalistlarga, dissidentlarga», — deya qayd etdi Yevrokomissiya.

Belgiya, Malta, Niderlandiya, Latviya, Litva, Chexiya va Estoniya elchixonalari va viza markazlari rossiyaliklar uchun qisqa muddatli Shengen vizalari rasmiylashtirishni allaqachon cheklab qo‘ygan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy G‘arb mamlakatlarini barcha rossiyaliklar uchun o‘z hududlarini yopishga chaqirdi