2 256
Ukrainadagi urushning 234-kuni: Xarkivda hujumni davom ettirayotgan askarlar va Kiyevda tayyorlanayotgan ko‘ngillilar (foto)

Ukraina qurolli kuchlari Kupyansk atrofida harbiy harakatlarni davom etmoqda, shahar aholisi qiyin sharoitlarda yashamoqda, Xarkiv bo‘ylab — elektr ta’minotida muammolar.
Urushning 234-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Xarkiv oblasti sharqida Ukraina qurolli kuchlarining sentyabr oyida boshlangan yurishi davom etmoqda — so‘nggi kunlarda ular Kupyansk atrofidagi yana bir necha qishloqlarni ozod etgan va Luhansk oblastida ilgarilagan. Oktabr oyi boshiga qadar janglar davom etgan Kupyanskda, hamon gaz va ichimlik suvi yo‘q, ammo shaharda qolgan aholi o‘z hayotini yo‘lga qo‘yishga urinmoqda.
- Xarkiv oblastining sentyabr oyida ozod etilgan hamda endi front chizig‘idan uzoqlashgan boshqa shahar va qishloqlarida Rossiya raketa zarbalari tufayli elektr uzatish ta’minotida muammolar kuzatilmoqda.
- Rossiyaning Ukraina bilan chegaradagi harbiy poligonida otishma oqibatida 13 kishi halok bo‘ld. Rossiya mudofaa vazirligi «MDH davlatining ikki fuqarosi» boshqa askarlarga o‘t ochgani va 11 kishini o‘ldirib, 15 kishini yaralagani, shundan keyin ularning o‘zi ham o‘ldirilganini ma’lum qilgan.
- Belarus mudofaa vazirligi mamlakatga rossiyalik harbiy xizmatchilar bo‘lgan ilk eshelonlar yetib kelgani, ular Rossiya-Belarus qo‘shinlarining mintaqaviy guruhi tarkibiga kirishini ma’lum qildi.
- Ilon Mask Tvitterida ukrainlarga Rossiya bilan urushda yordam sifatida taqdim etilgan Starlink sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimi baribir bepul ishlashda davom etishi haqida yozdi. Avvalroq u ukrainlar bilan virtual bahslardan keyin loyihani moliyalashtirishni to‘xtatishi va Starlink Ukrainada faoliyatini tugatishi haqida ogohlantirgandi.
- Belgorod oblastida Belgorod shahridan 11 kilometr masofadagi Razumnoye posyolkasida neft baza yonib ketdi. Region gubernatori Vyacheslav Gladkov bu Ukraina tomoni o‘qqa tutishi oqibati ekanini bildirdi.
- Ukraina madaniyat vazirligi Xerson musiqali-drama teatri bosh dirijori Yuriy Kerpatenko o‘ldirilganini tasdiqladi. Ukraina tomoni aytishicha, «bosqinchilar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgan» dirijor rossiyalik harbiylar tomonidan otib tashlangan.
Quyida urushning so‘nggi kunlarida olingan asosiy suratlar.
Xarkiv oblastidagi ukrain harbiylari

Xarkiv oblastidagi ukrain harbiylari. Oblast hali to‘liq ozod etilmagan, Luhansk oblasti va Rossiya bilan chegara yaqinidagi hududlarda janglar davom etmoqda.
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Xarkiv oblastining ozod etilgan Kupyansk shahri atrofidagi ukrainlar zirhli texnikasi. Shahardan sharqda og‘ir janglar kechmoqda.
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA

Ukrain askari va uning sevimli iti Juliya Kupyansk atrofida
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Kupyanskda gumanitar yordam tarqatilishi

Kupyanskda gumanitar yordam uchun navbat
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA

Kupyansklik kishi suv uchun otlangan. Shaharning bir qismi sentyabr oyi o‘rtalarida ozod etilgandi, qolgan yarmi — faqat oktabrga kelib qaytarib olindi. Front chizig‘i hamon shahar chekkasidagi aholi yashash kvartallaridan bir necha kilometr masofadan o‘tmoqda.
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA

Kupyanskdagi ko‘cha oshxonasi. Xarkiv oblastida ozod etilgan shaharlarning katta qismida hozircha gaz ta’minoti tiklanmagan.
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA

Kupyanskdagi keksa yoshli ayol va uning tushligi
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA

Kupyanskliklar gumanitar yordam ortilgan qutilar bilan.
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Balakliyada Ukraina armiyasi sharafiga chizilgan murallar

Ko‘cha rassomi Ukraina qurolli kuchlari va ozod etilgan shaharlar aholisini qo‘llab-quvvatlash maqsadida uyushtirilgan aksiya doirasida «Balakliya» muralini chizmoqda.
Sofia Bobok / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Balakliyadagi muralning bir qismi
Sofia Bobok / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Balakliyada ko‘cha rassomi va vatanparvarlik ruhidagi graffiti
Sofia Bobok / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Kiyevda harbiy tayyorgarlik o‘tayotgan ko‘ngillilar

Ko‘ngillilar frontga yo‘l olishdan oldin Kiyevdagi o‘quv markazlaridan birida harbiy tayyorgarlikdan o‘tmoqda — ham virtual, ham interaktiv formatda.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Xarkiv oblastidagi shahar va qishloqlarda istilodan keyingi manzaralar

Sentyabr oyida Ukraina armiyasi qarshi hujumi davomida ozod etilgan Kune qishlog‘ida OTR-21 «Tochka» ballistik raketasi parchasi.
Carl Court / Getty Images

Ukrain harbiysi Kupyansk va Kupyansk-Uzlovoy yo‘lida qolgan rossiyalik askar jasadini ko‘zdan kechirmoqda.
Maria Senovilla / EPA / Scanpix / LETA

Kune qishlog‘idagi vayron bo‘lgan uy devorida rossiyaliklar istilosi vaqtidan qolgan yozuv: «Putin bizning prezident!»
Carl Court / Getty Images

Ukraina Milliy gvardiyasi maxsus bo‘linmasi rossiyalik harbiylar yashagan yerto‘lada minalar bor-yo‘qligini tekshirmoqda. RF armiyasi Xarkiv oblastidagi Vishnevaya qishlog‘ini urush boshida bosib olgan, Ukraina qurolli kuchlari uni sentyabr oyida ozod etdi.
Carl Court / Getty Images

Xarkiv oblasti ma’muriyatining alohida ishlar bo‘yicha katta tergovchisi rossiyalik harbiylar shtab sifatida foydalangan binoda topilgan buyumlardan barmoq izlarini qidirmoqda.
Carl Court / Getty Images

Maxsus topshiriqli bo‘linma jangchisi tekshirilmagan hududni aylanib o‘tmoqda
Carl Court / Getty Images
Xarkivda otishmalardan keyingi hayot

Xarkivning Saltovka rayonida yashovchi kishi ko‘p qavatli uyning shikastlangan tomida. Shahar shimolidagi ushbu rayon fevraldan buyon doimiy ravishda artilleriyadan o‘qqa tutilgan.
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA

Xarkiv shimolidagi 134-maktabda futbol o‘ynayotgan bolalar. Fevral oyida maktab Rossiyaning maxsus topshiriqli bo‘linmasi uchun boshpana vazifasini o‘tagan, o‘shanda bo‘linma shaharga kirishga uringandi, Ukraina qurolli kuchlari esa binoni shturm qilib egallagan.
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA

Xarkiv markazi fevraldan buyon ilk bor front chizig‘idan olisdagi shaharga aylangan, ammo hamon raketa zarbalariga nishon bo‘lmoqda
Carl Court / Getty Images

Xarkiv shimolidagi tungi kafe. Raketa zarbalaridan keyin shaharda tez-tez elektr o‘chib qolmoqda.
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar