09:40 / 17.11.2022
2 833

Shengen hududiga yana 3 ta davlat qo‘shiladi

Shengen hududiga yana 3 ta davlat qo‘shiladi
Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqi davlatlarini Bolgariya, Xorvatiya va Ruminiyaning Shengen kelishuviga qo‘shilishini ma’qullashga chaqirdi.

Yevrokomissiya bayonotida aytilishicha, ushbu davlatlar Yevropaning vizasiz rejimiga kirish shartlarini bajargan va unda ishtirok etishdan «zudlik bilan foydalanishi» kerak.

Shuningdek, bu davlatlar o‘tgan yillar davomida, jumladan, pandemiya davrida va yaqinda Ukrainadagi voqealarning «misli ko‘rilmagan oqibatlari»ga duch kelganda Shengen hududining normal faoliyatiga katta hissa qo‘shgan.

Bolgariya, Xorvatiya va Ruminiya 2023 yildan boshlab Shengen hududiga qo‘shilish niyatida. Endi u Yevropa Ittifoqining 22 mamlakati (Avstriya, Belgiya, Daniya, Finlandiya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Italiya, Luksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, Ispaniya, Shvetsiya, Chexiya, Estoniya, Vengriya, Latviya, Litva, Malta, Polsha, Slovakiya, Sloveniya) va Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan to‘rtta davlatni (Norvegiya, Islandiya, Shveysariya va Lixtenshteyn) o‘z ichiga oladi. Shengen davlatlari ro‘yxati oxirgi marta o‘n yildan ko‘proq vaqt oldin, Lixtenshteyn qo‘shilganida yangilangan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo