12:37 / 19.12.2022
5 114

SSSR sobiq bosh vaziri sovet ittifoqini qayta tiklash usulini aytdi

SSSR sobiq bosh vaziri sovet ittifoqini qayta tiklash usulini aytdi
Nikolay Rijkov
Foto: «Kommersant’»

Sovet ittifoqini ilgari mavjud bo‘lgan shaklda qayta tiklash ilojsiz, ammo sobiq ittifoq mamlakatlarini birlashtirish usuli bor. Bu haqda SSSR Vazirlar kengashi sobiq raisi Nikolay Rijkov «RIA Novosti»ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Yevroittifoq va uning organlaridan iborat asosga ega bo‘lgan Yevropa birlashuviga yaqin bo‘lishga intilish kerak. YEI tamoyili bo‘yicha postsovet makonida davlatlarning birlashmasini yangi shartlar asosida qaytadan yaratish mumkin bo‘alrdi, deb o‘ylayman», — degan fikrni bildirdi u.

Rijkov ishonch bildirishicha, Sovet ittifoqining avvalgi formatini ko‘chirib olish hamda uning «1922 yilgi qiyofasini» qayta tiklash kerak emas, chunki davlat «tirik organizm» bo‘lib, u ham rivojlanadi, «keksayadi va xastalanadi». «Hech narsa o‘z o‘rnida qolishi kerak emas, harakatlanishi kerak», — dedi u.

30 dekabr kuni SSSRga asos solinganiga 100 yil to‘ladi. Nikolay Rijkov 1982—1985 yillarda KPSS (Sovet ittifoqi Kommunistik partiyasi) Markaziy qo‘mitasi kotibi, 1985—1990 yillarda — KPSS MQ siyosiy byurosi a’zosi, 1985—1991 yillarda esa Vazirlar kengashi raisi bo‘lgan. 1991 yilda RSFSR (Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi) prezidenti saylovlarida ikkinchi o‘rinni egalladi. 1995 yildan Rijkov Davlat dumasi deputati, 2003 yildan esa Federatsiya kengashi a’zosi bo‘lib ishlay boshlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » SSSR sobiq bosh vaziri sovet ittifoqini qayta tiklash usulini aytdi