Germaniya kansleri Olaf Shols o‘z sahifasida ko‘zidagi jarohatini bog‘ich bilan bog‘lab tushgan suratini e’lon qildi.
«Yaxshi tilaklar uchun rahmat. Aslidagidan ancha yomon ko‘rinmoqda. Memlarni kutib qolaman», deb yozgan Shols o‘z sahifasida.
Germaniya yetakchisi haftada uch marta yugurish bilan shug‘ullanib turadi. U navbatdagi yugurish vaqtida yuzi bilan yiqilib, ko‘zini jarohatlagan. Unga birinchi yordamni qo‘riqchilari ko‘rsatgan. Kansler ehtiyot shart yakshanbani Potsdamdagi kvartirasida o‘tkazgan. Jarohati sabab Gessenga tashrifini bekor qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar