AQSHlik musulmon siyosatchi rafiqasining hijobi sabab tanqidlar ostida qoldi

AQSHning Michigan shtatidan Senatga saylangan Abdul Al-Sayid rafiqasi Sara Jukaku bilan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirganidan so‘ng o‘ng qanot vakillarining keskin tanqidlariga duch keldi.
10 noyabr kuni e’lon qilingan suratda siyosatchi Vashingtondagi yangi ish xonasida hijob o‘ragan rafiqasi bilan birga tasvirlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu surat 7 milliondan ortiq marta ko‘rilgan.
Surat ayrim konservativ doiralar vakillarining noroziligiga sabab bo‘lgan. Xususan, o‘ng qanot nashri rahbari Erik Dogerti bu holatni «Amerika uchun yomon» deb baholab, Al-Sayidni mamlakatda shariat qonunlarini joriy etish niyatida ayblagan.
Boshqa ayrim o‘ng qanot sharhlovchilari ham siyosatchiga qarshi chiqib, uni Islom va terrorizm bilan bog‘liq ayblovlar orqali tanqid qilgan.
Shu tariqa, oddiy oilaviy surat ijtimoiy tarmoqlarda siyosiy va diniy bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…