Dubayda 310 mingdan ortiq odam bir vaqtda yugurdi (foto)

Dunyo1 daqiqa o'qish3
Dubayda 310 mingdan ortiq odam bir vaqtda yugurdi (foto)

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida 310 mingdan ortiq kishi ishtirokida ommaviy yugurish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Shu kuni shaharning eng gavjum avtomagistrallaridan biri — Shayx Zoid yo‘li avtomobillar harakati uchun yopilib, ulkan yugurish maydoniga aylantirildi. Bu haqda BAA rasmiy axborot agentligi xabar berdi.

22 noyabr kuni o‘tkazilgan Dubai Run 2026 tadbirida turli yoshdagi va jismoniy tayyorgarlik darajasidagi insonlar qatnashdi. Ishtirokchilar 5 va 10 kilometrli ikki yo‘nalishdan birini tanlash imkoniga ega bo‘ldi.

Qisqa masofali 5 kilometrlik yo‘nalish oilalar va yangi boshlovchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Downtown Dubai hududidan o‘tib, Dubai Mall yaqinida yakunlangan. 10 kilometrlik yo‘nalish esa tajribali yuguruvchilar uchun tashkil etilib, Kelajak muzeyi, Burj Xalifa va Dubai Water Canal kabi diqqatga sazovor joylar yaqinidan o‘tgan.

Dubaydagi "Kelajak muzeyi" yonida va ko‘chalarda to‘plangan yashil kiyimli odamlar.

Tadbir nafaqat ommaviy yugurish, balki katta ko‘ngilochar tomoshaga ham aylandi. Osmonda BAA Harbiy-havo kuchlarining Fursan Al Emarat aerobatika jamoasi samolyotlari namoyishlar uyushtirdi. Shuningdek, motorli paraplanlar, robotlar, ulkan LED qo‘g‘irchoqlar, musiqiy jamoalar va sirk artistlari ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Dubai Run 2026 Dubay Fitness Challenge loyihasining 10-mavsumi doirasida tashkil etildi. Tadbir shaharning sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi eng yirik ommaviy sport loyihalaridan biri hisoblanadi.

Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, 310 mingdan ortiq ishtirokchini birlashtirgan ushbu tadbir dunyodagi eng yirik bepul ommaviy yugurish tadbiri maqomini yana bir bor mustahkamladi.

Dubayning Shayx Zayd ko‘chasida minglab odamlar ishtirokidagi ommaviy yugurish marafoni.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?