16:10 / 23.03.2024
777

FXX terrorchilarning Ukraina bilan “aloqalari bo‘lgani”ni bildirdi

FXX terrorchilarning Ukraina bilan “aloqalari bo‘lgani”ni bildirdi
Rossiya huquq-tartibot idoralari “Krokus siti holl”dagi terakt ishi bo‘yicha 11 nafar gumonlanuvchini hibsga oldi. Ular orasidan teraktni sodir etganlikda gumonlanayotgan 4 nafar shaxs Bryansk oblastida bir necha soat farq bilan qo‘lga olingan. Ular Moskvaga olib kelinmoqda, deya axborot berdi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati.

Idoraning ma’lum qilishicha, jinoyatchilar teraktdan keyin Rossiya–Ukraina chegarasiga qarab harakatlangan, ular “Ukraina tomonida tegishli aloqalarga ega bo‘lgan”.

RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyanning so‘zlariga ko‘ra, gumondorlar Ukraina chegarasiga 100 km qolganda qo‘lga olingan. U jinoyatchilarni ular mamlakatni tark etishidan oldin qo‘lga olgani uchun maxsus xizmatlarga tashakkur bildirgan.

Foto: Duma deputati Aleksandr Xinshteynning Telegram-kanali
Davlat dumasi deputati Aleksandr Xinshteynning ma’lum qilishicha, gumondorlar foydalangan “Reno” avtomobili tunda Bryansk oblastining Karachevski tumanida, Xatsun qishlog‘i atrofida topilgan. Mashina organ xodimlarining buyrug‘iga qaramay to‘xtamasdan harakatlanishda davom etib, yashirinishga uringan. Ta’qib davomida otishma ro‘y bergan, “Reno” ag‘darilib ketgan. Jinoyatchilardan biri shu joyda qo‘lga olingan, boshqalari o‘rmonga yashiringan, keyinchalik ikkinchi gumondor ushlangan. Deputat bu ma’lumotlarni e’lon qilganidan ko‘p o‘tmay Tergov qo‘mitasi va FXX jami 11 kishi ushlanganini ma’lum qildi.

TASS axborot agentligi Rossiya maxsus xizmatlariga tayanib bergan xabarga ko‘ra, AQSH tomoni terakt ro‘y berishi xavfi haqida avvalroq Rossiya tomonini ogohlantirgan. Biroq, nashr manbasiga ko‘ra, bu ma’lumot umumiy xarakterda bo‘lib, unda aniq tafsilotlar bo‘lmagan.

AQSH va yana 6 ta g‘arb davlatlari Rossiyada terakt sodir etilishi mumkinligi haqida RF hududida bo‘lib turgan o‘z fuqarolarini ikki hafta oldin ogohlantirgan, bu haqdagi bayonotlarda xunrezlik yaqin ikki kunda ro‘y berishi mumkinligi aytilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » FXX terrorchilarning Ukraina bilan “aloqalari bo‘lgani”ni bildirdi