618
Rossiya Tergov qo‘mitasi Crocus'dagi terakt ijrochilari va Ukraina xavfsizlik xizmatlari o‘rtasida aloqani aniqladi
Arxiv foto: The Moscow Times
Rossiya Tergov qo‘mitasi Crocus City Hall'ga hujum qilgan terrorchilar va Ukraina xavfsizlik xizmatlari o‘rtasida aloqa borligini aniqladi. Bu haqda “TASS” nashri ma’lum qildi.
“Hozirgi vaqtda jinoyat ishi bo‘yicha ushbu o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etishda ishtirok etgan 11 nafar shaxs aniqlangan. Ularning barchasiga nisbatan ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov qo‘mitasi tomonidan salmoqli dalillar to‘plangan. Terrorchilarning Ukraina maxsus xizmatlari bilan aloqasi borligini ko‘rsatuvchi dalillar bor. Dalillar jinoyatga uzoq tayyorgarlik ko‘rilganini ko‘rsatadi”, — deyiladi rasmiy xabarda.
Hozirda jabrlanganlar va guvohlar bilan ishlash davom etayotgani xabar qilingan. Teraktda halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlanmoqda. Jinoyatning boshqa ishtirokchilari — aybdorlar, yordamchilar va tashkilotchilarni aniqlash va hibsga olishga qaratilgan tergov harakatlari va jinoiy razvedka tadbirlari olib borilmoqda.
Tergov qo‘mitasi voqeaning to‘liq tasvirini eng kichik detallarigacha qayta tiklayotgani aytilgan. Qo‘mita rahbari jinoyatni navbatdagi tergov qilish bo‘yicha bir qator aniq ko‘rsatmalar bergan.
Rossiya Tergov qo‘mitasi teraktga Ukraina xavfsizlik xizmatlari aloqadorligini ko‘rsatuvchi dalillar topilganini rasman ma’lum qilgan bo‘lsa-da, bu dalillar nimadan iborat ekanligi ochiqlanmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSh hududlarni qanday qoʻlga kiritgan edi?
Tramp bilan Ukraina boʻyicha muzokaralarda Putin nimalar talab qilishi aytildi
Tramp Isroil va HAMAS oʻrtasida kelishuvga erishilganini e'lon qildi
Xitoy Baydenni ikkiyuzlamachilikda ayblab, sanktsiyalarga javob qaytarishga va'da berdi
Los-Anjelesda “oʻta xavfli vaziyat” e'lon qilindi
Isroil HAMAS bilan kelishuvga erishganini rad etdi