08:08 / 28.07.2024
330

Ukraina neft quvurini yopib, Vengriya va Slovakiyani shantaj qilmoqda

Ukraina neft quvurini yopib, Vengriya va Slovakiyani shantaj qilmoqda
© Sputnik / Yegor Yeremov
Ukraina hukumati "Drujba" neft quvuri orqali Rossiyadan kelayotgan neft tranzitini to‘xtatib, Vengriya va Slovakiyani shantaj qilmoqda, dedi Vengriya bosh vaziri ma’muriyati rahbari Gergeliy Gulyas.

"Ukraina o‘t ochishni to‘xtatish va tinchlik muzokaralarini boshlashni doimiy ravishda yoqlab kelayotgan ikki davlatni - Vengriya va Slovakiyani shantaj qilmoqda", - dedi Gulyas hukumat brifingida.

Avvalroq Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto "Drujba" neft quvuri orqali "Lukoyl" neftini Ukraina orqali yetkazib berish to‘xtatilganini ma’lum qilgan edi.

Slovakiya Iqtisodiyot vazirligi ham Ukraina o‘z hududi orqali tranzitini to‘xtatgani sababli respublika "Lukoyl"dan neft olishni to‘xtatganini tasdiqladi.

Ma’lumot uchun, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Ukrainada mojaro boshlangan kunidanoq Yevropa Ittifoqi va NATOning Kiyevga yordam berishiga qarshi munosabat bildirib kelmoqda. Vengriya, shuningdek Ukrainaga qurol-aslaha sotib olish uchun kredit ajratish, yevropalik harbiylarni u yerga jo‘natish tashabbuslariga ham qarshilik qilib kelmoqda.

Slovakiya bosh vaziri Roberto Fitso ham xuddi shunday qarashlar tarafdori. 2024 yilning 15 may kuni unga suiqasd uyushtirildi. Fitso og‘ir jarohat olib kasalxonaga yotqizildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina neft quvurini yopib, Vengriya va Slovakiyani shantaj qilmoqda