Foto: m24.ru
Ilon Maskning shaxsiy xavfsizligi har yili millionlab dollarga tushadi. Bu haqda The New York Times Tesla kompaniyasining ichki hujjatlariga tayanib xabar berdi.
Bundan kelib chiqadiki, Mask muntazam ravishda o‘lim tahdidlari va ta’qiblarga duch keladi. Bu uni shundoq ham kuchli bo‘lgan qo‘riqchilarini yanada kuchaytirib, AQSH Maxfiy xizmatining kichikroq analogiga aylantirishiga olib keldi.
Tez-tez tahdidlar tufayli Mask ko‘proq izolyatsiya qilingan turmush tarzini olib bora boshladi, dedi unga yaqin bo‘lgan noma’lum manbalar The New York Times nashriga. Tadbirkor kamdan-kam hollarda tansoqchilarisiz harakat qiladi. Hatto X kompaniyasining hojatxonasiga borganida ham atrofida qo‘riqchilar bo‘ladi.
Agar ilgari Ilon Maskga faqat ikkita qo‘riqchi hamrohlik qilgan bo‘lsa, endi u 20 nafar xavfsizlik mutaxassisi bilan sayohat qilmoqda. Ular qurollangan, Mask kirishi kerak bo‘lgan binolarni tekshiradi va yuradigan yo‘llarini o‘rganadi. Nashrga intervyu bergan xavfsizlik bo‘yicha ekspertlarga ko‘ra, milliarder tadbirkor sifatida emas, balki davlat rahbari kabi himoyalangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi