Foto: Depositphotos
Fransiya TIV rahbari Jan-Noel Barrot Ukrainaga tashrifi chog‘ida mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiyning “g‘alaba rejasi”ni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
“Biz “g‘alaba rejasi”ni qo‘llab-quvvatlaymiz, chunki taxminan ming kun davomida biz Ukraina bilan yaqin bo‘ldik va kerakli sa’y-harakatlarni qilyapmiz”, dedi Barro.
Vazir Ukrainani turli sohalarda yanada qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, u Ukraina tinchlik muzokaralarini qachon boshlashni o‘zi hal qilishi kerakligini qo‘shimcha qilgan.
“Janob Zelenskiy taklif qilgan tinchlik rejasi uni amalga oshirishga imkon qadar ko‘proq mamlakatlarni jalb qilishini ta’minlash uchun harakat qilish kerak”, deya ta’kidlagan fransiyalik vazir.
Avvalroq Zelenskiy Ukraina Oliy Radasida “g‘alaba rejasi”ni taqdim qilgan edi. Mazkur reja besh banddan iborat. Shuningdek, u uchta maxfiy qoidani o‘z ichiga oladi.
Ukraina yetakchisining ma’lum qilishicha, birinchi band geosiyosiy masalalar, ikkinchi va uchinchisi harbiy masalalar bilan bog‘liq. To‘rtinchi band iqtisodiy sohaga, beshinchisi esa xavfsizlikka tegishli.
Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiysi Ukrainaning NATOga integratsiyalashuv jarayonidir.
Rejaning mudofaa punkti maxfiy qo‘shimchaga ega va yordam ko‘rsatish uchun harbiy imkoniyatlarga ega bo‘lgan hamkorlar uchun ochiqdir. Uchinchi band ham AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Germaniya rahbarlariga taqdim etiladigan maxfiy qismga ega. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Metabolizm sekinlashganining belgilari