Foto: Telegram/sprava_by
Belaruslik siyosiy mahbus Mariya Kolesnikova otasi bilan uchrashdi — 2023 yil fevraldan beri u bilan aloqa yo‘q edi. Uchrashuv suratini Telegram'dagi Nexta kanalining sobiq bosh muharriri Roman Protasevich e’lon qildi.
Suratda Kolesnikova otasini quchoqlab, tabassum qilayotganini ko‘rish mumkin.
Protasevichning postdan kelib chiqadiki, uchrashuv 12 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan. Boshqa tafsilotlar, jumladan, uchrashuv qayerda bo‘lib o‘tganiga oydinlik kiritilmagan.
«Nasha Niva» nashrining ma’lum qilishicha, Koleskinovaning otasi bilan uchrashuvi qamoqxona kasalxonasida bo‘lib o‘tgan. Bu haqda jurnalistlarga sobiq siyosiy mahbuslar xabar bergan — ular surat orqali ushbu joyni tanigan.
Kolesnikova qamalganidan mazkur uchrashuvga qadar otasi uni faqat bir marotaba ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan — 2022 yil oxirida qamoqxona kasalxonasida. Oxirgi marotaba Kolesnikovalar oilasi uning nomidan 2023 yil fevralda maktub olgan. Shundan keyin siyosiy mahbus haqida u bilan bitta koloniyada bo‘lgan va ozodlikka chiqanlar orqali boxabar bo‘lib turilgan.
Mariya Kolesnikova 2020 yilgi Belarus prezidentligi saylovlarida muxolifatning eng yorqin vakillaridan biri edi. U o‘sha yilning sentyabrida qo‘lga olingan. Bundan oldin Kolesnikovani Belarusdan kuch bilan olib chiqishga urinishgan edi, ammo ayol chegarada o‘z pasportini yirtib tashlagan. Kud Kolesnikovani «hokimiyatni egallash»ga urinish ishida aybdor deb topib, 11 yilga ozodlikdan mahrum etgan.
Oktyabr oyida Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko siyosiy mahbuslar, jumladan, Mariya Kolesnikovaning afv etish haqidagi iltimoslarini ko‘rib chiqishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi. «Bizda qonun bor: kishi o‘z aybini anglab, (ko‘plab boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi) kechirim so‘rab, prezidentga murojaat qilsa, buni ko‘rib chiqamiz. Kolesnikova bilan ham shunday», — degan edi Lukashenko. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
Prezident yangi saylangan senatorlarning faol bo‘lishiga ishonch bildirdi