Rossiyaning Xmeymim harbiy bazasining sun’iy yo‘ldosh fotosurati
Foto: Reuters
Suriyada Bashar Asad rejimi qulashi fonida Rossiya o‘z qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqib keta boshladi.
“Rossiyaning yuk tashuvchi samolyotlaridan biri Latakiyadagi Xmeymim aviabazasidan Liviyaga ko‘tarildi”, deb yozadi Reuters Suriya xavfsizlik xizmati xodimiga tayanib. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin orada Xmeymim aviabazasidan yana bir qancha rus samolyotlari chiqib ketadi.
Bir kun avval oqshom “Vajnie istorii” internet nashri Maxar Technologies va Planet Labs rus harbiy bazalarining sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini tahlil qilib, shunga o‘xshash xulosalarni taqdim etgandi. Ushbu fotosuratlardan biriga ko‘ra, Xmeymim aviabazasiga ikkita An-124 yuk samolyoti, uchta Il-76 transport samolyoti, shuningdek, kichikroq yuk samolyotlari - uchta An-32 va bitta An-72 yetib kelgan.
Nashrning yozishicha, suratlarda rossiyalik harbiylar Ka-52 hujum vertolyotini demontaj qilayotgani va uni yuklashga tayyorlayotgani ham aks etgan.
Kuzatuvchilar fotosuratda S-400 zenit-raketa majmuasining qismlarini ham aniqlagan. Shu bilan birga, rossiyalik “harbiy bloger” Kirill Fedorov Telegram’da Latakiya sohilida Rossiya Milliy gvardiyasi harbiy texnikasi kolonnasi aks etgani taxmin qilingan videoni joylashtirgan. “Vajnie istorii”ning aniqlik kiritishicha, bu va boshqa harbiy kolonnalar Xmeymim aviabazasi tomon harakatlanmoqda.
Jurnalistlarning aniqlik kiritishicha, Maxar Technologies ham Suriya qirg‘oqlaridan O‘rta yer dengizida suzib yurgan Rossiya kemalarining suratlarini chop etgan. 8 dekabr kuni Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) Rossiya Suriyadagi Tartus portidan harbiy kemalarini olib chiqib ketayotganini ma’lum qilgan edi. Shu bilan birga, OSINT kuzatuvchilari ham xuddi shunday kuzatuvlar bilan bo‘lishgan.
Avvalroq Bloomberg nashri Rossiya Suriyaning yangi hukumati bilan mamlakatdagi ikkita harbiy bazasini saqlab qolish bo‘yicha kelishuvga yaqin turgani haqida xabar bergan edi.
Nashrning rossiyalik suhbatdoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Mudofaa vazirligi “Hayat Tahrir ash-Shom” islomiy guruhi bilan Rossiya kuchlari Suriyadagi bazalarda qolishi mumkinligi haqida “norasmiy tushunchaga ega” deb hisoblaydi. Shu bilan birga, manba Suriyadagi beqaror vaziyatni hisobga olgan holda vaziyat hali ham o‘zgarishi mumkinligini ta’kidlagan.
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov rossiyalik jurnalistlarga Moskva “Hayat Tahrir ash-Shom” siyosiy qo‘mitasi bilan bevosita aloqalar o‘rnatganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Rossiya elchixonasi diplomatlari guruh vakillari bilan uchrashib, Suriyadagi diplomatik missiya va Rossiya fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash masalalarini muhokama qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Toshkentda qariyb 27 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan zavod aniqlandi
Toshkentda talabalarga chipta sotib olish uchun sayyor kassalar tashkil etildi
Qozog‘istonda kelin o‘g‘irlaganlik uchun jazo kuchaytiriladi
Husanov endi bu "taxt"ni yaqin yillarda hech kimga bermasa kerak...