128
Londondagi koshonalarning biridan 10 million funtlik qimmatbaho taqinchoqlar oʻgʻirlab ketildi
Foto: Metropolitan Police
Shov-shuvli oʻgʻirlik 7 dekabr kuni sodir boʻlgan. London shimolida joylashgan Avenyu-rouddagi uydan qiymati 10 million funt-sterlingni tashkil etadigan zargarlik buyumlari, shuningdek, 150 ming funtlik sumka va 5 ming funt naqd pul oʻgʻirlab ketilgan, deb xabar beradi BBC rus xizmati.
Ismlari oshkor etilmagan uy egalari avvaliga oʻgʻirlangan qimmatbaho buyumlarni qaytarishga yordam beradigan ma'lumot uchun 500 ming funt mukofot puli va'da qilgan. Keyinroq ular topilgan buyumlarning 10 foizi miqdorida mukofot berishlarini aytgan. London politsiyasiga koʻra ushbu mablagʻ 1,5 million funtga (qariyb 2 million dollar) etishi mumkin.
Oʻgʻirlangan buyumlarning ayrimlari kelib chiqishi osiyolik boʻlgan inflyuenser Sharifa Xuangga tegishli. Ta'kidlanishicha, qimmatbaho buyumlarning aksariyati oʻz dizayni boʻyicha noyob hisoblanadi.
Oʻgʻirlangan zargarlik buyumlari orasida De Beers’ning brilliant kapalaklari oʻrnatilgan ikkita uzuk, Katherine Wang tomonidan taqdim etilgan pushti yoqutli ziraklar va Van Cleef’ning brilliant hamda yoqutli taqinchoqlari boʻlgan.
Politsiya ma'lumotlariga koʻra, oʻgʻirlik 7 dekabr kuni soat 17:00 va 17:30 oraligʻida sodir boʻlgan. Noma'lum shaxs uyning ikkinchi qavatiga deraza orqali kirishga muvaffaq boʻlgan. Gumonlanuvchi 20-30 yosh atrofidagi erkak, kapyushonli qora kiyimda, yuzlari yopiq holatda boʻlgan.
Oʻgʻirlik yuz bergan Avenyu-roudda Londondagi eng qimmat koʻchmas mulk ob'ektlari joylashgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar