08:15 / 07.01.2025
130

Fransiya bir qator ukrainalik harbiylarning qochib ketganini tasdiqladi

Fransiya bir qator ukrainalik harbiylarning qochib ketganini tasdiqladi
Foto: Getty Images
Fransiya koʻmagida tuzilgan Ukraina Qurolli kuchlarining "Anna Kiyevskaya" brigadasida ommaviy dezertirlik boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilishi fonida, Fransiya armiyasi rasmiy vakili ukrainalik askarlarning Fransiyadagi mashgʻulotlarda harbiy xizmatdan voz kechishi «bir necha oʻnlab holatlar» bilan oʻlchanadi. «Bir nechta dezertirlik holatlari boʻlgan, ammo mashgʻulotlardan oʻtayotgan odamlar sonini hisobga olsak, ular juda kam», dedi armiya rasmiysi 6 yanvar, dushanba kuni AFP'ga.

Dezertirlik Fransiyada jinoyat hisoblanmaydi. «Agar kimdir qochib ketsa, frantsuz prokurori bu odamni hibsga olishga haqli emas», — deya qoʻshimcha qildi frantsuz armiyasi vakili. U, shuningdek, ukrainalik askarlar «frantsuz kazarmalarida boʻlgani uchun ular ketishga haqli edilar», deya qoʻshimcha qildi.

AFP xabariga koʻra, Fransiya oʻz hududida "Anna Kiyevskaya" brigadasining 2300 askarini tayyorlagan. Xuddi shu brigadaning yana 2200 nafar askari Ukrainada oʻqitildi. Ukraina quruqlikdagi kuchlarining amaldagi qoʻmondoni Mixail Drapatiy bir qator ommaviy axborot vositalariga ushbu armiya boʻlinmasi bilan bogʻliq «muammolar» haqida gapirdi. Ukrainalik jurnalist Yuriy Butusovga koʻra, mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy yaqinda boʻlib oʻtgan oliy qoʻmondonlik shtabida hozir Pokrovsk yoʻnalishida jang olib borayotgan "Anna Kiyevskaya" brigadasi bilan bogʻliq vaziyatni shaxsiy nazoratga olgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo