20:20 / 12.01.2025
60

Zelenskiyga oʻzini qutqarishning noodatiy usulini taklif qilishdi

Zelenskiyga oʻzini qutqarishning noodatiy usulini taklif qilishdi
© AP Photo / Michal Dyjuk
Agar amerikalik aktyor Shon Penn ikkinchi “Oskar” haykalchasini Vladimir Zelenskiyga sovgʻa qilsa, u oʻz ishlarini tiklab oshirishi mumkin. Bu haqda amerikalik jurnalist Patrik Xenningsen X ijtimoiy tarmogʻida ma'lum qildi, deb yozmoqda RIA Novostiga tayanib Sputnik nashri.

"Hammasi yoʻqotilmadi. Shon Penn sizning ishlaringizni boshqa "maxsus" “Oskar” statuetkasi bilan hal qiladi. Xavotir olma, Vova", — deb yozdi u.

Xenningsen, shuningdek, Kiyev rejimi rahbarini AQSh tez orada Kiyevga yordam uchun xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirishi haqida ogohlantirdi.

Ma'lumot uchun, amerikalik aktyor Shon Penn ikki marta eng yaxshi erkak roli uchun “Oskar”ni qoʻlga kiritgan. 2022 yilning noyabrida u haykallardan birini Zelenskiyga sovgʻa qilib, uni Rossiya bilan mojaro tugaguniga qadar Ukrainada saqlashni soʻradi.

20 yanvar kuni lavozimga kirishadigan AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Ukrainaga koʻrsatilayotgan yordamni bir necha bor tanqid qilib, Ukraina mojarosini muzokaralar yoʻli bilan hal qilishga va'da berdi. U mojaroni bir kunda hal qila olishini bir necha bor ta'kidlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo