17:17 / 13.01.2025
49

Ukraina Rossiyaning Donesk oblastidagi qoʻmondonlik punktiga zarba berdi

Ukraina Rossiyaning Donesk oblastidagi qoʻmondonlik punktiga zarba berdi
Foto: overclockers.ru
12 yanvar, yakshanba kuni Ukraina Qurolli kuchlari Donesk oblasti Novgorodovka shahrida joylashgan Rossiya Federatsiyasining 2-gvardiya umumqoʻshin armiyasining qoʻmondonlik punktiga "yuqori aniqlikdagi havo hujumini amalga oshirdi". Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabi Telegramʼda ma'lum qildi.

Hujum tafsilotlari va uning Ukrainaning Donesk oblasti bosib olingan hududida joylashgan rossiyalik harbiy xizmatchilari uchun oqibatlari haqida ma'lumot berilmagan. Rossiya Mudofaa vazirligi hodisa yuzasidan izoh taqdim etmadi.

Ukraina bosh shtabining bayonotida, shuningdek, amalga oshirilgan operatsiya «Donesk yoʻnalishidagi okkupatsion kuchlarning qoʻmondonlik punktlariga bir qator zarbalarning davomi» ekanligi ta'kidlangan. «Ukraina Qurolli kuchlari dushmanning asosiy qoʻmondonlik va boshqaruv ob'ektlari, harbiy infratuzilmalarini aniqlash va yoʻq qilishda yuqori darajadagi muvofiqlashtirish va professionallik koʻrsatmoqda», — deyiladi xabarda.

Ukraina qurolli kuchlarining Rossiya qoʻmondonlik punktlariga qarshi soʻnggi operatsiyalari

7 yanvar kuni Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabi Kursk oblastidagi Belaya aholi punkti hududida Rossiyaning 810-alohida dengiz piyoda askarlari brigadasining qoʻmondonlik punktiga hujum uyushtirilganini ma'lum qildi. «Bunday hujum Ukraina mudofaa kuchlari boʻlinmalarining Rossiya Federatsiyasi hududida olib borayotgan jangovar operatsiyalarining ajralmas qismi hisoblanadi», — deya ta'kidlagan oʻshanda bosh shtab. «Ukrinform» agentligi xabariga koʻra, 10 yanvar kuni Ukraina qurolli kuchlari ishgʻol ostidagi Donetsk oblasti Svetlodarsk shahridagi Rossiya Qurolli kuchlari 3-armiya korpusining qoʻmondonlik punktiga yuqori aniqlikda zarba berdi.

25 dekabrga oʻtar kechasi Ukraina qurolli kuchlari Kursk oblasti Lgov shahriga zarba berdi, deb eslatadi «Nastoyashcheye vremya» nashri. Ushbu bayonotga koʻra, zarba nishoni xuddi oʻsha 810-brigadaning qoʻmondonlik punkti edi. Hujumdan soʻng Kreml tomonidan tayinlangan mintaqa rahbari vazifasini bajaruvchi Aleksandr Xinshteyn toʻrt nafar rossiyalik harbiy halok boʻlgani va besh nafari yaralangani haqida xabar berdi.

30 dekabr kuni Ukraina qoʻshinlari Lgovga navbatdagi hujumni amalga oshirdi. Astra nashrining xabar berishicha, bir nechta raketalar rossiyalik harbiylar foydalanayotgan binoga kelib urilgan, ulardan sakkiz nafari halok boʻlgan, yana 22 nafari jarohatlangan. "Verstka" ma'lumotlariga koʻra, Rossiya Federatsiyasining 810-alohida brigadasi Kursk oblastida Ukraina qoʻshinlari bilan janglarda eng katta yoʻqotishlarga duch keldi.

810-alohida brigada Sevastopolda joylashgan, deya aniqlik kiritadi NV. Rossiya Federatsiyasi va Ukraina oʻrtasida keng koʻlamli urush boshlanganidan keyin uning harbiy xizmatchilari Melitopol, Berdyansk, Volnovaxa va Mariupol uchun janglarda qatnashdi. Nashr ma'lumotlariga koʻra, aynan 810-brigada tarkibida KXDR harbiylari Kursk oblastida ilk yoʻqotishlarga uchrab, Rossiya Federatsiyasi tomonida urushga kirishgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo