Foto: Saudi Press Agency
Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad al-Shara'a (al-Juloniy) Saudiya Arabistoniga tashrifi chogʻida Umra ziyoratini ado etdi. Bu haqda Arab News xabar berdi.
Al-Juloniy 2 fevral kuni Ar-Riyodga etib bordi va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon bilan uchrashdi. U Suriyaning xavfsizligi va barqarorligini qoʻllab-quvvatlash yoʻllarini muhokama qildi. Bu Al-Shara'aning lavozimga tayinlanganidan soʻng amalga oshirgan birinchi xorijiy safari hisoblanadi. Al-Juloniy tashrif davomida Makkada Umra ziyoratini ado etdi.
Foto:Saudi Press Agency
Foto:Saudi Press Agency
Foto:Saudi Press Agency
Foto:Saudi Press Agency
Foto:Saudi Press Agency
Al-Shara'a 4 fevral kuni Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdoʻgʻonning taklifiga binoan Anqaraga tashrif buyuradi.
Suriyada hokimiyat almashinuvi va Saudiya Arabistonining roli
Al-Shara'a 29 yanvar kuni Suriya muvaqqat prezidenti etib tayinlandi. Uning rahbarligidagi “Hayot Tahrir ash-Sham” (XSH) guruhi dekabr oyi boshida Suriya prezidenti Bashar Asadni agʻdarishga boshchilik qildi.
Saudiya Arabistoni podshohi Salmon va uning oʻgʻli shahzoda Muhammad bin Salmon Ash-Shara'ani Suriya prezidenti lavozimiga tayinlangani bilan tabriklagan birinchilardan boʻldi. Suriya urush vayron qilgan mamlakatni qayta tiklashni moliyalashtirish va iqtisodiyotni jonlantirish uchun Fors koʻrfazining boy davlatlari yordamiga umid qiladi.
Yanvar oyi oʻrtalarida Saudiya Arabistoni Suriyaga qarshi sanktsiyalarni bekor qilish tarafdori boʻldi. Dekabr oyida Asad taxtdan agʻdarilganidan beri Suriyaning yangi hukumati bir qator xorijiy siyosatchilarni, shu jumladan Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbokni qabul qildi. U yanvar oyi boshida Suriyaga tashrif buyurgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar