Bishkekda Islomni qabul qilgan 55 nafar rus va 25 nafar koreys millatiga mansub fuqaroga umra safari uchun yo‘llanma berildi

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida Islom dinini yaqinda qabul qilgan 80 nafar fuqaroga Saudiya Arabistoniga umra ziyoratini amalga oshirish uchun bepul yo‘llanmalar topshirildi. Ushbu xayriya tashabbusi yangi musulmonlar uchun muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish imkoniyatini yaratishga qaratilgan.
Yo‘llanmalarni topshirish marosimi «Imom Saraxsiy» masjidida bo‘lib o‘tdi. Tadbir turistik kompaniyalardan biri tomonidan Qirg‘iziston musulmonlari diniy boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Ma’lum qilinishicha, umra safariga borish imkoniyatini qo‘lga kiritganlar orasida 55 nafar rus va 25 nafar koreys millatiga mansub fuqaro bor. Ularning barchasi yaqinda Islom dinini qabul qilgan.
Mazkur tashabbus ishtirokchilarga umra amallarini ado etish, Makka va Madina kabi musulmonlar uchun muqaddas shaharlarga borish imkonini beradi. Shuningdek, bu kabi xayriya loyihalari diniy-ma’rifiy tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…