Saudiya Arabistoni 1 yillik ko‘p martalik Umra vizasini joriy etdi

2 daqiqa o'qish264
Saudiya Arabistoni 1 yillik ko‘p martalik Umra vizasini joriy etdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi berilgan kundan boshlab 365 kun davomida amal qiladigan yangi ko‘p martalik Umra vizasini joriy etdi.
  • Ushbu viza egalariga yil davomida jamlanib boruvchi tartibda umumiy hisobda 90 kungacha Qirollik hududida bo‘lish va bir necha bor kirish-chiqish imkoniyatini beradi.
  • Yangi tizimdan foydalanish uchun ziyoratchilar «Nusuk» platformasidan xizmatlar paketi va rasmiy Umra ruxsatnomasini olishlari talab etiladi.

Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi ziyoratchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida berilgan kundan boshlab 365 kun (1 yil) davomida amal qiladigan yangi ko‘p martalik Umra vizasini e’lon qildi. Ushbu viza egalariga yil davomida umumiy hisobda 90 kungacha Qirollik hududida bo‘lish va bir necha bor kirish-chiqish imkoniyati beriladi.

Zamin.uz yangi vizaning tartib-qoidalari, foydalanish shartlari va o‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarni taqdim etadi.

90 kunlik muddat qanday hisoblanadi?

Yangi ko‘p martalik vizada belgilangan 90 kunlik qolish muddati jamlanib boruvchi tartibda hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki:

  • Ziyoratchi Saudiyaga har safar tashrif buyurganida, u yerda o‘tkazgan kunlari soni umumiy 90 kunlik limitdan chegirib tashlanadi.

  • Limit tugagunga qadar ziyoratchi yil davomida bir necha bor Qirollikka kirib-chiqishi mumkin.

Haj va Umra vazirligi: «Mazkur viza safarlarni rejalashtirishda moslashuvchanlikni oshiradi hamda ziyoratchining butun safari davomida raqamli va amaliy xizmatlar integratsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi».

Vizadan foydalanishning 3 ta asosiy sharti

Yangi viza tizimidan foydalanish uchun ziyoratchilar quyidagi belgilangan qoidalarga qat’iy rioya etishlari talab etiladi:

  1. Xizmatlar paketini sotib olish: Har bir tashrif oldidan «Nusuk» platformasidagi rasmiy tasdiqlangan provayderdan xizmatlar paketi xarid qilinishi kerak. Paket davomiyligi vizada qolgan kunlar sonidan oshmasligi shart.

  2. «Nusuk» orqali ruxsatnoma olish: Saudiya Arabistoniga kirishga faqat ziyoratchi kelishidan oldin «Nusuk» ilovasi orqali rasmiy Umra ruxsatnomasini rasmiylashtirgandan so‘ng ruxsat beriladi.

  3. Vizani vaqtincha faolsizlantirish va qayta yoqish: Bir yillik viza ziyoratchi Saudiyadan har safar chiqib ketgach vaqtincha faolsizlantiriladi. Ziyoratchi yuqoridagi shartlarni bajarib, yangi Umra ruxsatnomasini olgach, viza avtomatik ravishda qayta faollashadi.

Yangi Umra vizasi bo‘yicha qisqacha ma’lumotnoma

Ko‘rsatkich

Tafsilotlar

Amal qilish muddati

365 kun (1 yil)

Maksimal qolish muddati

Umumiy hisobda 90 kun (jamlanib boruvchi)

Taqiqlangan davr

Har yili bo‘ladigan Haj mavsumida (2 hafta davomida) amal qilmaydi

Viza narxi

Saudiya rasmiylari tomonidan hozircha ma’lum qilinmagan

Rasmiy platforma

«Nusuk» mobil ilovasi va veb-sayti

O‘zbekistonliklar uchun mavjud imkoniyatlar

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistoni 2023 yil 6 avgustdan boshlab O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar fuqarolari uchun onlayn viza (e-Visa) olish imkoniyatini yo‘lga qo‘ygan edi.

Hozirda o‘zbekistonliklar sayyohlik va Umra vizalarini mustaqil ravishda onlayn rasmiylashtirib, Saudiya Arabistoniga safar qilishlari mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?