23:11 / 13.02.2025
88

Trampning harakati Zelenskiyning noroziligiga sabab boʻldi

Trampning harakati Zelenskiyning noroziligiga sabab boʻldi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy agar tinchlik muzokaralari Kiyev va Evropa davlatlarining ishtirokisiz oʻtkazilsa, natijalarini qabul qilmasligini aytdi.

Tramp va Putin oʻrtasidagi yaqinda boʻlib oʻtgan suhbatga izoh berar ekan, u AQSh etakchisining avvaliga Moskva bilan bogʻlanib, keyingina unga qoʻngʻiroq qilganidan xafa boʻlganini tan oldi.

"Men u birinchi navbatda Rossiya bilan gaplashganini ustuvor deb bilmayman. Bu unchalik yoqimli emas", deya ta'kidladi Zelenskiy.

Siyosatchining qoʻshimcha qilishicha, u ikki tomonlama tinchlik muzokaralari Kiyev va uning yevropalik hamkorlari ishtirokisiz oʻtadigan boʻlsa, uni qabul qilmoqchi emas. Uning fikricha, Ukrainaga oid hech qanday masala mamlakatsiz muhokama qilinmasligi kerak.

Tramp bilan suhbat chogʻida Zelenskiy Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini soʻradi.

" Xavfsizlik kafolatlari, albatta, biz uchun ustuvor vazifadir. Va biz AQShsiz hech qanday kafolatni koʻrmayapmiz", dedi Vladimir Zelenskiy.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo