Yaponiyada aholiga qo‘shimcha yordam va emotsional ko‘mak berish maqsadida “OK Obaa chan” (“Xo‘p bo‘ladi, buvijon”) nomli noyob servis ishga tushirildi. Bu loyiha doirasida 60 yoshdan katta buvilarni soatiga 3300 iyena (taqriban 22 dollar) evaziga yollash mumkin. Servisda turli yoshdagi – 60 dan 94 yoshgacha bo‘lgan qariyalar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, mijozlar o‘z ehtiyojiga ko‘ra buvilarni tanlab, ular xizmatidan foydalanishlari mumkin.
Ijaraga olingan buvilar uy ishlarida yordam ko‘rsatadi, mazali taom tayyorlashni o‘rgatadi, gap-so‘z va suhbatga to‘la muhit yaratib beradi. Ko‘pincha yolg‘iz odamlar yoki oilaviy parvarishga muhtojlar ushbu xizmat orqali kattalar mehridan bahramand bo‘ladi. Shu bilan birga, yoshlar va bolalarga hayot tajribasi va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatishga ham katta e’tibor qaratilgan.
Mazkur tashabbusga jamoatchilik orasida turli fikrlar bildirilmoqda. Ayrimlar bu xizmat yoshi kattalar uchun yangi imkoniyat va ijtimoiy faollik manbai ekanini aytishayotgan bo‘lsa, boshqalar notanish uylarga kirish xavfsizlik masalalariga e’tibor qaratish lozimligini qayd etmoqda. Bugungi kun Yaponiyaning yolg‘izlik muammosiga e’tibor qaratilgan bu loyiha ko‘plab fuqarolarga ma’naviy tayanajak bo‘lishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Yaponiyada turli ijara xizmatlari rivojlangan – nafaqat “buvijon”, balki oila a’zolari, hatto “ijaradagi amaki” kabi tashabbuslar ham bor. “OK Obaachan” loyihasini ayollar bandligini oshirishga ixtisoslashgan Client Partners kompaniyasi boshqaradi. Bu kompaniya ijaraga do‘st, yoki vaqtinchalik oila a’zosi xizmatlarini ham taklif qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!