Yaponiyada yashashni istayotgan xorijliklar uchun talablar yanada kuchaytirilmoqda

Yaponiyada yashashni istayotgan xorijliklar uchun talablar yanada kuchaytirilmoqda

Yaponiyada doimiy yashash huquqini olishni istagan xorijliklar uchun talablar yanada qat’iylashtirilmoqda. Endilikda yapon tilini bilish ham asosiy shartlardan biriga aylanishi kutilmoqda.

Yaponiya Immigratsiya xizmatlari agentligi doimiy yashash huquqini olish bo‘yicha yangi talablarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, 2027 yil aprelidan boshlab ariza beruvchilardan kamida B1 darajasida yapon tilini bilish talab etiladi. Bu daraja yapon tilini bilish bo‘yicha JLPT tizimidagi taxminan N3 darajasiga mos keladi.

Bundan tashqari, ariza beruvchining daromadi, moliyaviy barqarorligi va kelajakdagi pensiya ta’minoti ham ko‘rib chiqiladi. Shu orqali xorijlikning Yaponiyada uzoq muddat davomida o‘zini moddiy jihatdan ta’minlay olishi baholanadi. Yapon fuqarosi bilan turmush qurgan xorijliklar uchun ham talablar o‘zgaradi. Amaldagi tartibda ayrim holatlarda uch yil nikohda bo‘lish va Yaponiyada bir yil yashash yetarli bo‘lsa, yangi tartibda bu muddat kamida besh yil nikohda bo‘lish va Yaponiyada uch yil yashashgacha uzaytiriladi.

Shunday qilib, yangi qoidalar Yaponiyada doimiy yashash huquqini olishni rejalashtirayotgan xorijliklardan nafaqat mamlakatda yetarlicha uzoq yashashni, balki til bilimi va moliyaviy barqarorlikni ham ko‘rsatishni talab qiladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar