date

Rossiyada migrant bolalari bepul o‘qiy olmaydimi?

Rossiyada migrant bolalari bepul o‘qiy olmaydimi?

Rossiya Davlat Dumasi deputatlari tomonidan muhokamaga qo‘yilayotgan yangi qonun loyihasiga ko‘ra, mamlakatdagi migrant oilalardan bo‘lgan bolalar uchun maktab ta’limi to‘liq to‘lovli bo‘lishi mumkin. Bu to‘g‘risida bir qator rasmiylar va deputatlar o‘z fikrlarini bildirishgan.

Qonun loyihasiga muvofiq, Rossiyada yashovchi chet ellik oilalarning 1–11-sinfdagi farzandlari davlat maktablarida faqat pullik asosda tahsil olishlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, bolalarga rus tilini bilish darajasini tasdiqlash uchun faqat 3 marta imtihon topshirish huquqi beriladi.

Deputat Yaroslav Nilov ta’kidlashicha, bu loyiha avval ham ko‘rib chiqilgan, ammo unda ayrim kamchiliklar bor edi. Yangilangan shaklidagi hujjat hozirda fraksiyalar orasida kelishilib, yana Davlat Dumasiga taqdim etilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada migrant bolalari bepul o‘qiy olmaydimi?