Tojik xalqi uchun alohida ahamiyatga ega sanalgan mustaqillik bayrami arafasida mamlakat Prezidenti Imomali Rahmon tomonidan katta tadbirlar uyushtirildi. 25 avgust kuni Dushanbedagi “Millat” saroyida bo‘lib o‘tgan rasmiy marosimda davlat rahbari yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shgan 200 nafarga yaqin shaxsni yuqori davlat mukofotlari bilan taqdirladi.
Bu sharafli mukofotlar ilmiy yutuqlar, tibbiyotdagi xizmatlar, ta’lim sohasiga qo‘shilgan hissalar, madaniyat va san’atdagi muvaffaqiyatlar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatidagi fidokorona mehnat uchun berildi. Ahamiyatli jihati shundaki, davlat rahbari bu safar mamlakat hayotida faol rol o‘ynayotgan qizi — Ozoda Rahmonni ham esdan chiqarmadi.
Ozoda Rahmon — siyosiy elita va davlat boshqaruvidagi muhim shaxs
Ma’lumotlarga ko‘ra, Prezident Ijroiya qo‘mitasi rahbari sifatida faoliyat yuritayotgan Ozoda Rahmon ham mazkur mukofotlanganlar ro‘yxatida bo‘ldi. Uning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi yutuqlari, siyosiy va ma’muriy sohalardagi samarali xizmati munosib baholandi. Ozoda Rahmon bugungi kunda Tojikiston siyosiy sahnasidagi ta’sirli ayollardan biri sifatida e’tirof etiladi.
Siyosiy faoliyatga AQSHdagi elchixonadan boshlangan yo‘l
Ozoda Rahmon 2005 yilda siyosiy faoliyatini boshlagan bo‘lib, dastlab Tojikistonning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi elchixonasida ish boshlagan. U 27 yoshida davlat xizmatlariga qadam qo‘yib, bugunga kelib mamlakat boshqaruvida muhim lavozimni egallab turibdi. Uning tajribasi va faoliyati mamlakatdagi siyosiy barqarorlik va islohotlarning amalga oshishiga ko‘mak bermoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!