date

Dorotining “sehrli tuflisi” 32,5 mln dollarga sotildi

Dorotining “sehrli tuflisi” 32,5 mln dollarga sotildi

Gollivud klassikasi — “Oz sehrgari” filmida Judi Garlend kiygan mashhur qizil tuflilar Heritage Auctions savdosida 32,5 million dollarga xarid qilindi, deb yozmoqda Pravilamag.

Auksion 1,55 million dollardan boshlangan va dastlabki taxminlar 3 million atrofida bo‘lgan, ammo natija barchani hayratga soldi. Bu narx “Yoqut tuflilar” uchun tarixiy rekord bo‘ldi.

Filmda bir nechta juft ishlatilgan bo‘lib, hozirda faqat to‘rttasigina saqlanib qolgan. Ularning biri 2000 yilda 666 ming dollarga, boshqasi esa 2012 yilda Stiven Spilberg va Leonardo Di Kaprio tomonidan 2 million dollarga xarid qilinib, keyin Los-Anjelesdagi Kino akademiyasi muzeyiga sovg‘a qilingan.

Sotilgan juft “eng yuqori sifatli” namuna hisoblanadi. U filmda Dorotining oyoqlari yaqindan ko‘rsatilgan sahnalarda ishlatilgan.

Tuflilar avval kollektor Maykl Shouga tegishli bo‘lib, 2005 yilda muzeyga qo‘yilgan va o‘sha yili o‘g‘irlangan. FQB ularni faqat 2018 yilda topib egasiga qaytargan. Ma’lum bo‘lishicha, hodisa ortida Terri Jon Martin turgan va u tuflilar haqiqiy yoqutdan yasalgan, deb o‘ylagan.

Filmda esa aynan shu tuflilar Dorotining uyiga qaytish kaliti bo‘lgan: qahramon uch marta tagini urib, “Uydek joy yo‘q” deb takrorlashi kerak edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dorotining “sehrli tuflisi” 32,5 mln dollarga sotildi