date

Jerrard Slotning gaplarini muxlislarga og'ir zarba deb atadi

Jerrard Slotning gaplarini muxlislarga og'ir zarba deb atadi

“Liverpul”ning sobiq sardori Stiven Jerrard jamoa bosh murabbiyi Arne Slotning yaqinda aytgan fikrlariga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Niderlandiyalik mutaxassis o‘tgan mavsumdagi chempionlikka Yevropa Chempionlar ligasida “PSJ”dan erta chiqib ketish ham ta’sir qilgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Jerrard esa bunday bayonot muxlislarni ranjitishini aytdi. Uning fikricha, Slot o‘sha intervyuni bergan paytda “Liverpul” APLda ta’qibchilardan 15 ochko oldinda bo‘lgan va chempionlik amalda hal bo‘lib ulgurgan.

“Chempionlar ligasidan chiqib ketish chempionatdagi g‘alabaga sabab bo‘ldi, degan gap muxlislar uchun haqiqiy zarba. Chunki ular jamoa bilan shu yo‘lni bosib o‘tadi, Chempionlar ligasida “Liverpul”ni qo‘llab-quvvatlash uchun katta pul sarflaydi. Turnirdan chiqib ketishning o‘zi ham og‘riqli, buning ustiga ‘bu yordam berdi’ deyishsa, yanada yoqimsiz bo‘ladi”, — deya Jerrardning so‘zlarini ingliz OAV keltirdi.

Bugun “qizillar” umumiy bosqichning so‘nggi turi doirasida o‘z maydonida “Qorabog‘”ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jerrard Slotning gaplarini muxlislarga og'ir zarba deb atadi