Deku Dro Fernandesning PSJga ketishini tanqid qildi

“Barselona” sport direktori Deku yosh hujumkor yarim himoyachi Dro Fernandesning PSJga ko‘chib o‘tishi bo‘yicha fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
18 yoshli futbolchi yaqinda Parij klubi bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Fransuz grandi “ko‘k-anorranglilar” akademiyasi tarbiyalanuvchisi uchun 8 mln yevrodan ortiq mablag‘ to‘lagani aytilmoqda.
Dekuning ta’kidlashicha, u o‘zi “Barselona”da o‘ynayotgan yosh futbolchi bo‘lganida, jamoani tark etmasdi. “Biroq har kim qarorni o‘zi qabul qiladi. Hammaning xabari bor: tashqi ta’sir qiladigan omillar ham bo‘ladi. Bu ota-onasi bilan bog‘liqmi-yo‘qmi, bilmayman, lekin bu uning masalasi — gap pulda emas. Umid qilamanki, Dro o‘z rivojlanishidan mamnun. Ba’zan futbolchilar noto‘g‘ri muhitga tushib qoladi”, — dedi Deku.
Dro Fernandes “Barselona”ning asosiy jamoasida jami besh uchrashuvda maydonga tushishga ulgurgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!