Haverts va Kepa Kayratga qarshi Arsenal asosida

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining yakuniy turida «Arsenal» o‘z maydonida «Kayrat»ni qabul qiladi. Agar londonliklar g‘alaba qozonsa, turnirning bu bosqichini 100 foizlik natija bilan yakunlaydi: hozir «kanonirlar» 7 o‘yindan keyin 21 ochkoga ega. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bosh murabbiy Mikel Arteta uchrashuvni quyidagi start tarkibida boshlashga qaror qildi: Kepa, Uayt, Mosquera, Kalafiori, Lyuis-Skelli, Norgor, Eze, Haverts, Madueke, Martinelli, Dyo'keresh.
Uchrashuv «Emireyts» stadionida Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi. O‘yin jarayonini LiveResult portalida matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing