date

Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopiq bo‘lsa ham harbiy harakatni yakunlashga tayyor

Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopiq bo‘lsa ham harbiy harakatni yakunlashga tayyor

The Wall Street Journal maʼlumotiga ko‘ra, Donald Tramp va uning maslahatchilari AQSHning Eronga qarshi harbiy kampaniyasini Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopiq bo‘lib turgan holda ham yakunlashga tayyorligini maʼlum qilishdi. Manbalarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda prezident va maslahatchilari Ho‘rmuzni ochish bo‘yicha rejalashtirilgan amaliyot to‘rt-olti haftadan ortiq vaqt talab qilishi mumkin, degan xulosaga kelishgan.

Nashr yozishicha, Tramp Eron flotini zaiflashtirish va raketa dasturini yo‘q qilishni asosiy maqsad sifatida belgilagan. Bu vazifalar amalga oshirilgandan keyin u harbiy harakatlarni to‘xtatish va erkin savdoni tiklash uchun Tehronga diplomatik bosim o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Agar bu maqsadga erishilmasa, Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish masalasi Yevropa ittifoqchilari va Fors ko‘rfazi davlatlariga qoldiriladi.

Tramp va jamoasi fikricha, Ho‘rmuz AQSHdan ko‘ra Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyo uchun strategik ahamiyatga ega. So‘nggi haftalarda Vashingtondagi maʼmuriyat vakillari ittifoqchilar va hamkorlarga bo‘g‘ozni ochishga tayyorgarlik ko‘rish uchun muzokaralar o‘tkazishni so‘rab murojaat qilishgan.

30 mart kuni Tramp «yangi va nisbatan aqlliroq rejim» bilan Erondagi harbiy operatsiyani yakunlash bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini aytdi va agar Ho‘rmuz darhol ochilmasa, Eronning elektr stansiyalariga zarba berish bilan tahdid qildi. The Wall Street Journal shu kuni AQSH ekspeditsiya korpusi va 82-havo desant diviziyasi bo‘linmalari hududga yetib kelganini, Tramp esa yana 10 ming harbiy yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini xabar qildi.

Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt ham 30 martda AQSHning Ho‘rmuzdagi amaliyotlarni normallashtirish ustida ishlayotganini taʼkidladi, biroq buni Eron floti va raketa dasturiga zarba berish kabi muhim harbiy maqsadlar qatorida aytmadi. AQSH davlat kotibi Marko Rubio ham kampaniyaning bir necha hafta ichida yakunlanishini maʼlum qildi va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi muammosi esa Eronning harakatlariga bog‘liq bo‘lishiga eʼtibor qaratdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopiq bo‘lsa ham harbiy harakatni yakunlashga tayyor