Kaliforniyada 1,4 million dollarga Serro Gordo shahri sotildi. Shaharning yangi egasi tashlandiq shaxtyorlar shaharchasini turistlar uchun jannatga aylantirmoqchi, deb yozmoqda Kun.uz.
«Serro Gordo Kaliforniyadagi «qadimiy shaxtyorlar shaharchalari» ichra eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. Bu tarixiy ob’ektning ochilishidan manfaatdor Serro Gordo tarixiy fondi, xususiy tashkilotlar va volontyorlar moliyaviy yordam ko‘rsatmoqda», — deyiladi shahar saytida.
Shaharcha joylashgan hududda 1865 yilda kumush topilgan. Oradan 10 yil o‘tiboq shaharcha Los-Anjelesdagi eng yirik kumush va qo‘rg‘oshin yetkazib beruvchiga aylangan.
Keyinchalik u tashlandiq holatga kelgan. Bunga sabab shaxtada yuz bergan yong‘in va metallarning narxi keskin pasayishi bo‘ldi. O‘tgan asrning boshlarida shaharchada metall ishlab chiqarishni yana qayta ishga tushirmoqchi bo‘lishgan, lekin urinish muvaffaqiyatli yakunlanmagan.
Investorlar shaharchani rivojlantirishga jiddiy sarmoya yotqizishmoqchi — uni turistik markazga aylantirib, bu yerda konsertlar va teatr sahnalarini qo‘yishmoqchi.
Ayni paytda Serro Gordo — 22 ta tashlandiq binoga ega shaharcha bo‘lib, ularning orasida tashlandiq mehmonxona, cherkov va salun ham bor.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi