Ozoda Nursaidova bekor qilingan konsert chiptalari pulini qaytarish masalasida munosabat bildirdi

Ozoda Nursaidova bekor qilingan konsert chiptalari pulini qaytarish masalasida munosabat bildirdi

Xonanda Ozoda Nursaidovaning opasi kasalligi sabab bekor qilingan konsertlar uchun chiptalar pulini qaytarish masalasi muhokama qilinmoqda. Xonanda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ushbu holat yuzasidan izoh berib, muxlislarning murojaatlariga munosabat bildirdi.

Ozoda Nursaidovaning yozishicha, Termizdagi konsert uchun sotilgan chiptalar pulining 100 foizi tashkilotchilarga qaytarib berilgan. Biroq uning ta’kidlashicha, tashkilotchilar bilan bog‘lanilganda mablag‘ to‘liq qaytarilgani aytilmoqda, ammo ayrim muxlislar hanuzgacha pullarini ololmaganidan norozi.

Ozoda Nursaidova pulini qaytarib ololmagan muxlislarga tegishli idoralarga murojaat qilishni tavsiya qilgan. Shuningdek, bu borada noroziligi bor insonlarni izohlarda o‘z fikrlarini yozib qoldirishga chaqirgan.

Xonandaning yozishicha, ushbu masala yuzasidan uning shaxsiy xabarlar bo‘limiga ham ko‘plab murojaatlar kelib tushgan.

Hozircha chiptalar uchun pulni qaytarish jarayonida yuzaga kelgan holatlar va ayrim muxlislar mablag‘ni nima sababdan ololmayotgani haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar