date

Tramp Shimoliy Koreya hududiga qadam qo‘ygan ilk amerikalik prezident bo‘ldi (video)

Tramp Shimoliy Koreya hududiga qadam qo‘ygan ilk amerikalik prezident bo‘ldi (video)
AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreyaga tashrifi doirasida 30 iyun kuni Koreya yarimorolidagi demilitarizatsiya qilingan hududida KXDR rahbari Kim Chen In bilan uchrashdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

«Seni yana ko‘rib turganimdan xursandman», - degan Tramp Kim Chen Inga uchrashuv boshida. Uchrashuv quruq qo‘l siqishlar hamda qisqa muloqot tarzida kechishi avvaldan ma’lum edi.

Ikki davlat rahbari bir-birining qo‘lini siqib ko‘rishgan, shundan so‘ng Kim Chen In Donald Trampni Shimoliy Koreya hududiga taklif etgan. Amerikaliklar prezidenti uning taklifiga rozilik bildirgan. U bir necha soniyaga demarkatsiya chizig‘idan o‘tgan va Shimoliy Koreya hududida bo‘lgan. U jurnalistlar bilan muloqot vaqtida chegaradan ramziy ravishda o‘tishi «o‘zi uchun sharaf» ekanini aytgan.

Shu tariqa, Tramp KXDR hududiga qadam qo‘ygan AQSh tarixidagi ilk prezidentga aylandi.

«Prezident Tramp demarkatsiya chizig‘idan o‘tdi va bu ishni qilgan, bizning hududga kirgan AQShning ilk prezidentiga aylandi. Bu uning kelajakda munosabatlarni yaxshilash niyatida ekanini anglatadi», degan Kim Chen In.

Susan Walsh / AP / Scanpix / LETA
Donald Tramp va Kim Chen In uchinchi marta oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu ikki siyosatchining ilk uchrashuvi 2018 yil iyunida Singapurdagi Amerika-Koreya sammiti doirasida kechgandi. 2019 yil fevralida Tramp va In Vetnamning Xanoy shahrida ham uchrashishdi. Ikki uchrashuv ham Shimoliy Koreyani yadro qurolidan xoli qilish masalasiga bag‘ishlangandi. Bu uchrashuvlar samara bermagandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Shimoliy Koreya hududiga qadam qo‘ygan ilk amerikalik prezident bo‘ldi (video)