Rossiyaning Orenburg oblasti Sol-Iletsk shahar okrugi sudiga O‘zbekistonning 31 yoshli fuqarosiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish kelib tushdi. O‘zbekistonlik taqiqlovga qaramay, oblast hududiga noqonuniy kirishda ayblanmoqda.
Prokuraturada ma’lum qilinishicha, o‘zbekistonlik Rossiya hududidan migratsiya qonunchiligini buzgani uchun 2 yil avval chiqarib yuborilgan. Unga yaqin 5 yil ichida Rossiyaga qayta kirish taqiqlab qo‘yilgan. Bir oy avval o‘zbekistonlik Rossiyaga poyezdda yo‘l olib, chegara kesib o‘tilgandan keyin harakatlanayotgan poyezddan sakragan. Biroq chegarachilar uni Chashkan posyolkasiga ketayotganda ushlab olishgan.
O‘zbekistonlik aybini to‘liq tan olgan. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. U 4 yillik majburiy ishlar yoki ozodlikdan mahrum qilinish bilan jazolanishi mumkin. Shuningdek, jazo varianti sifatida 300 ming rublgacha jarima tayinlanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)