
«Qurilish:Usmon» seriali aktyorlari Burak O‘zchivit hamda Engin Altan Duzyatan koronavirusni boshdan kechirgan Checheniston prezidenti Ramzan Qodirovga videomurojaat yo‘lladi.
Videomurojaatda aktyorlar Ramzan Qodirovga shifo tilagan.
«Prezident Ramzan, salom! Kasalligingiz haqida eshitdik. Inshalloh eng qisqa vaqt ichida sog‘ayib, yana safimizga qaytasiz. Turkiyadan salom» — deydi serialda Usmon G‘oziy obrazini yaratayotgan aktyor Burak O‘zchivit.
Ramzan Qodirovning koronavirusga chalingani va Moskvadagi kasalxonaga yotqizilgani haqidagi xabarlar 21 may kuni paydo bo‘ldi. Keyinroq shifokorlar Ramzan Qodirovning ahvoli haqida ma’lumot bergani xabar qilindi.
Checheniston rahbari 26 may kuni koronavirusga chalingani haqidagi xabarlardan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar