Tailand qiroli Maxa Vachiralongkorn (Rama X) o‘zining rasmiy ma’shuqasi Sininat Vongvatjirapakdining unvonini tikladi. U o‘tgan yili konsort va general mayor unvonidan mahrum bo‘lgandi, deb yozmoqda The Bangkok Post.
Bild ma’lumotlariga ko‘ra, Sininat Vongvatjirapakdi pandemiya vaqtida Tailand qiroli ko‘chib o‘tgan Germaniyaga uchib kelgan. Monarx uni aeroportda shaxsan o‘zi kutib olgan.
She’ll get out of jail tomorrow. Flies to Germany on September 3.. pic.twitter.com/timVlpD2Ql
— Andrew MacGregor Marshall (@zenjournalist) August 26, 2020
35 yoshli Sininat Vongvatjirapakdi sobiq hamshira bo‘lib, 2015 yilda qirol qo‘riqchilari a’zosiga aylangan. U qirollikda rasmiy ma’shuqa unvonini 2019 yilning iyulida, Tailandning 68 yoshli qiroli rasman to‘rtinchi marta uylanganidan ikki oy o‘tib olgan.
2019 yilning oktabrida Sininat Vongvatjirapakdi qirol g‘azabiga uchragan. U nafsoniyatga haddan ortiq berilgani va egrilik qilganlikda ayblanib, hamma unvonlaridan mahrum etilgan. U go‘yoki qirolicha o‘rnini egallamoqchi bo‘lgan. Shundan keyin Tailanddagi maxsus qo‘riqlanadigan qamoqxonada saqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi