21:00 / 21.07.2023
155

Issiq ob-havo sharoitida qilmaslik kerak bo‘lgan cheklovlar

Foto: Google Images

Yuqori harorat inson organizmiga yomon ta’sir qilishi sir emas. Biroq issiqda qilinmasligi kerak bo‘lgan narsalar borligidan nihoyatda ozchilik xabardor. Chunki bu sog‘liq va hatto hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

Ko‘p yillik tajribaga ega terapevt Aliya Kaliyeva nima uchun issiqda gazlangan suv ichish tavsiya etilmasligi va ventilyator nega kuchli issiqda xavfli bo‘lishi haqida gapirib berdi.

Ha, haqiqatan ham, issiq davrda sog‘lig‘ingizga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lum cheklovlarga rioya qilishingiz kerak.

Haddan tashqari issiqda hech qachon muzdek gazlangan ichimliklar ichmang

Turli gazlangan ichimliklar deyarli har doim shakarning yuqori konsentratsiyasini o‘z ichiga oladi va bu, bilganimizdek, juda xavflidir va diabet rivojlanish xavfini oshiradi. Bundan tashqari, chanqog‘ingizni shirin suyuqlik bilan qondirish qiyin, chunki qonga tushgan shakar organizm hujayralaridan suvning chiqarib yuborilishiga sabab bo‘ladi. Bu bilan 5-10 daqiqadan so‘ng siz yana chanqaysiz. Chanqoqni xona haroratida oddiy suv yoki iliq choy bilan qondirgan ma’qul. Bir parrak limon qo‘shishingiz mumkin. Ichimlik sovuq yoki muzday bo‘lmasin, chunki u kuchli terlashga va natijada organizmdan suyuqlik yo‘qolishiga olib keladi. Jaziramada suyuqlik iste’molini diqqat bilan ko‘rib chiqish kerak. Darhaqiqat, 20-25 foiz suvsizlanish odamlar uchun halokatli ekanligini ko‘pchilik bilmaydi.

Intensiv sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanmang

Foto: Google Images

Issiqda sport bilan shug‘ullanish tavsiya etilmaydi, chunki sportda yurak-qon tomir tizimi ortiqcha yuk bilan ishlaydi. Tayyor bo‘lmagan odamning issiqda yugurishi miokard infarkti, insultga olib kelishi mumkin va shunga mos ravishda erta o‘lim xavfi sezilarli darajada oshadi.

Ventilyator oldida turishning hojati yo‘q

Ko‘pchilik parrak qarshisida turib, terning qurishini va shu orqali salqinlashni yaxshi ko‘radi. Sovitish usuli juda samarali, ammo juda xavflidir. Gap shundaki, parrakdan kelayotgan havo oqimi organizmning ma’lum qismlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Gipotermiya paydo bo‘ladi, bu esa mushaklar va qon tomirlarining spazmini keltirib chiqarishi, qon oqimi yomonlashishi ehtimolini oshiradi. Mushaklar, bo‘g‘imlar va limfa tugunlari yallig‘lanadi.

Tomoq-burunning shilliq qavati ham yallig‘lanib, bu shamollash, tomoq og‘rig‘i va hatto bronxitga olib kelishi hech gap emas. Bundan tashqari, siydik yo‘llari tizimi shamollashi mumkin.

Ko‘pincha shunchaki salqinlash istagi uzoq davom etadigan surunkali yallig‘lanish jarayonlariga va qimmat davolanishga olib keladi. Xuddi shu qoida konditsionerga ham amal qiladi: sovuq havo oqimi ostida turish juda zararli. Shuningdek, 35 gradusdan yuqori haroratlarda, ayniqsa, avtomobil, avtobus, yuk mashinasi kabinasida o‘rnatilgan parrak foydasiz va hatto zararli bo‘lib, u faqat issiq havoni haydaydi.

Metall pardalardan foydalanmang

Foto: Google Images

Derazalardan to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nuri tushadigan ofis yoki uyda yorqin rangli yoki qalin pardalardan foydalanish kerak. Derazadagi metall pardalarni yopish bilan ularni faqat qo‘shimcha issiqlik manbaiga — bir turdagi isitgichga aylantiramiz. Bu e’tiborga olinishi kerak.

Spirtli ichimliklar ichmang

Haddan tashqari issiqda har qanday alkogolli ichimliklar ichmaslik kerak. Spirtli ichimliklarning diuretik ta’siri mavjud. Shu bilan birga, spirtli ichimliklar organizmdagi suvni ushlab turadigan va buyraklarda ishlab chiqarilishini cheklaydigan vazopressin gormonini ham oshiradi. Issiqda terlashning ko‘payishi bilan birga, bu organizmda suyuqlik yetishmasligi — suvsizlanishga olib keladi. Shuningdek, issiqda alkogol yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir qiladi, taxikardiya — yurakning tez urishi va noto‘g‘ri ishlashi, tomirlar spazmi, jumladan, miya tomirlarining spazmlariga sabab bo‘ladi.

Yuqoridagi cheklovlarning barchasi bemorning sog‘lig‘iga qarab individual xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, qandli diabet bilan og‘rigan odamlar issiqdan boshqalarga qaraganda ko‘proq ehtiyot bo‘lishlari kerak. Ushbu kasallikdan aziyat chekadigan odamlar uchun jazirama haqiqiy dushman bo‘lib, u gipoglikemiyani qo‘zg‘atishi mumkin.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Issiq ob-havo sharoitida qilmaslik kerak bo‘lgan cheklovlar