date

Cemizlik ochlikdan ko‘ra jiddiyroq muammoga aylanmoqda

Cemizlik ochlikdan ko‘ra jiddiyroq muammoga aylanmoqda

Britaniyada chop etiladigan The Lancet jurnalining yozishicha, hozirga kelib semizlik ochlikdan ko‘ra jiddiyroq muammoga aylangan.

Bugungi kunda dunyo aholisining qariyb 30 foizi yoki 2,1 milliarddan ortig‘i ortiqcha vaznga ega yoxud semizlikka chalingan. Bu esa to‘yib ovqat emaydiganlar sonidan deyarli 2,5 baravar ko‘proqdir. Endilikda semizlik o‘lim holatlarining 5 foiziga sabab bo‘lmoqda.

Jurnalda ta’kidlanishicha, semizlik sog‘liqni saqlash sohasining muammosi bo‘libgina qolmay, jahon iqtisodiyotiga tahdid hamdir. Semizlik yiliga taxminan 2 trillion dollarga (jahon yalpi ichki mahsulotining 2,8 foizi) tushmoqda. Chekish yoki qurolli zo‘ravonlik, urush va terrorizm keltiradigan iqtisodiy zarar ham deyarli shunchaga teng.

Aftidan, muammo tobora chuqurlashib bormoqda. Agar hozirgi vaziyat saqlanib qolsa, dunyoda katta yoshdagi aholining yarmi ortiqcha vaznli yoki semizlikka chalingan bo‘ladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Margaret Chenning aytishicha, shu paytgacha birorta ham mamlakat semizlar sonini ortga qaytarishga muvaffaq bo‘lmadi.

Global epidemiya faqatgina rivojlangan mamlakatlarga xos emas. Iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar qashshoqlikdan qutulishi bilan fuqarolari semira boshlamoqda. Hozir semiz kishilarning 60 foizdan ortig‘i rivojlanayotgan mamlakatlarda yashamoqda: sanoatlashish va shaharlashuvning jadal tus olishi daromadlarning oshishiga, bu esa o‘z navbatida iste’molning ortishiga olib kelmoqda. Masalan, Hindiston va Xitoy shaharlarida semizlik qishloqdagidan 3-4 baravar ko‘proq uchraydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Foydali » Cemizlik ochlikdan ko‘ra jiddiyroq muammoga aylanmoqda

Ko'p o'qilgan Foydali yangiliklari