06:30 / 19.05.2018
23 835

Ramazon eslatmasi: ro‘zador odam cho‘milsa bo‘ladimi?

Ramazon eslatmasi: ro‘zador odam cho‘milsa bo‘ladimi?
Savol: Ro‘za paytida hammomga tushib, to‘liq (shampun sovun) ishlatib cho‘milish mumkinmi?

Javob: Suvga ko‘milib, ya’ni ichiga tushib cho‘milib bo‘lmaydi. Boshidan suv quyib cho‘milsa bo‘ladi.(Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf).

«Batahqiq, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Arjda, ro‘zador hollarida, issiq va chanqoqlikdan boshlaridan suv quyayotganlarini ko‘rdim», dedi. Abu Dovud, Nasaiy va Ahmad rivoyat qilishgan.

«Arj» Madinai munavvaradan bir necha kunlik yo‘l uzoqligidagi bir qishloqning nomi. Ushbu rivoyatdan ro‘zador inson ustidan suv qo‘yib cho‘milsa bo‘ladi, degan hukm chiqadi. Agar o‘sha g‘uslning sababi chanqoqlik yoki issiq bo‘lsa ham.

Ulamolarimiz ko‘p suvga ko‘milib cho‘milishga ruxsat yo‘q, deydilar. Chunki u holda ba’zan ichga suv kirib ketishi ehtimoli bor (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf).

Ro‘za ibodatidan malollanish sababli emas, balki tetiklashish yoki poklanish maqsadida bo‘lsa hamda suv kirib ketmaslik chora-tadbirlarini ko‘rgan bo‘lsa, joizdir. Vallohu a’lam (O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo hay’ati).

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ramazon eslatmasi: ro‘zador odam cho‘milsa bo‘ladimi?